O‘quv yili Tushuntirish xati



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix12.01.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#79071
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 SINF SOATI TARBIYAVIY SOAT 2022 2023



____________ viloyati __________ tumani 
Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
____-umumiy o’rta ta’lim maktabi
2-“__” -sinf rahbari
_____________________________ning 
2-sinflar uchun 
SINF SOATI 
YILLIK ISH REJA VA 
ISHLANMALARI
 
 


2022-2023-o‘quv yili 
Tushuntirish xati 
“Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda” – 
Shavkat Mirziyoyev
 
O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-sonli Qarori e’lon 
qilindi. Shu munosabat bilan Sinf soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv 
asosida amalga oshirilishi bеlgilandi. 
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni 
darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli 
me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan 
“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” 
asosida tashkil etiladi. 
Mazkur dastur va metodik qo‘llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy 
hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga 
asoslangan. 
Dasturning maqsadi
— Sinf soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi
ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin