7
Kollektsionerlar turli zamon va davrlardagi tanga,
chaqa pullarni
yig’ib ularni kataloglarini (ro’yxatlari) tuzganlar va xar qaysisini aloxida
tarzda ta`rifini yozganlar. Ularning ko’pchiligi qadimgi tillarni
bilganliklaridan tanga chaqalardagi xatlarni o’qishga xarakat qilganlar.
Ayrim kollektsionerlar to’plagan tangalarini bir joyga to’plab
umumiy
kollektsiya tashkil etganlar. Qirollar va imperatorlar qimmatbaxo
tangalarni davlat xazinasidan ajratib olib maxsus
myuntskabinetlar
(
tangalarni saqlovchi xonalar) tashkil etganlar, xamda ularni o’rganish
va ularga tartib berish uchun olimlarni jalb etganlar. Xozirgi
kunda Angliya,
Frantsiya, Sankt-Peterburg, Vena, Berlin
kabi mamlakat shaxarlarida
jaxondagi yirik yig’ma koolektsiyalar mavjud.
Dastlabki tangashunoslikning izlanishlari natijasida ilk bor 14 asrda
Andreo Ful’vionning yunon va rim tangalari ifodalangan "
Taniqli kishilar
tasviri" nomli kitobi nashr etildi. Ushbu kitob mashxur xukmdorlarning
tasviri va ularning xayoti xaqida qisqacha ma`lumot
berganligi bilan
mazkur tadqiqot qiziqish uyg’otdi. Keyinchalik 1553 yili Gil’oma Rud
"
Dostları ilə paylaş: