28
natijada o’z tangasini chiqarish zarurati tug’ildi. Natijada bu davrga kelib
barcha Turkiston viloyatlari numizmatika saxnasiga chikdi.
CHochda tanga zarb etish to’rtinchi asrdan oldinroq ilk O’rta
asrlarda
nusxalarning nixoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turuvchi tanga zarb
etadigan bir kancha markazlar tarkib topdi. Farg’onada ilk bor uz tangasi,
chamasi oltinchi asrda paydo bo’lgan. Sakkizinchi asrda esa, bir kancha
erlarda chiqarilgan. Ustrushonda tanga zarb etish ettinchi asrda vujudga
kelgan. Keshda o’z puli zarb qilina boshlanganligi aniqlangani yo’q.
Naxshabda tanga zarb etish turtinchi asrdan boshlanib.
sakkizinchi
asrda xam davom etgan.
Bu vaqtga kelib tangalar xamma erda chiqarilgan bo’lsada,
Turkistonning barcha viloyatlari iqtisodiy jixatdan bir xil rivojlangan emas.
Bu borada Samarqand. So’g’d etakchilik qilgan, zero bu erda mis tangalar
juda ko’p chiqarilar edi.
Umuman olganda bu davrda O’rta Osiyo ko’plab kichik va mayda
egaliklarga parchalanib ketgan edi. By parchalanish xar bir viloyatning o’z
tangasini bo’lishiga olib keldi. Mas,: Nahshabda
(Qashqadaryo
voxasining qadimgi shaxri) 3-5 asrlarda bir tomonda podsho kallasi.
ikkinchi tomonda podshoning sher bilan kurashini aks ettirgan
mis tangalar
zarb qilingan. Buxoro viloyatida O’rta Osiyoga ko’plab kirib kelgan
Sosoniy kumush tangasi ta`siri rol’ o’ynagan. Tanganing bir tomonida
xukmdorning kallasi, ikkinchi tomonida koxinlar bilan mexrob olovi
tasvirlangan. IV-V asrlargacha Sug’dda yoychi tasvirlangan mayda
kumush tangalar chiqarilgan. YAqinda qadimiy Samarqand (Afrosiyob)
territoriyasida ana shunday tangalar xazinasi topilgan.
Ettinchi asrning ikkinchi choragidan e`tiboran Samarqand pod
shoxlari to’rtburchak shaklidagi teshikka ega bo’lgan, So’g’d
yozuvi
bitilgan mis tangalarni zarb qilganlar. Mazkur tangalarda kichik xokimlar
uz unvon va ismlarini.shuningdek tanga zarb etilgan joyni ko’rsatib
29
o’tganlar.Mas.:
Panch (Panjikent) yoki Seyiston va xokazo. SHunisi
diqqatga sazovorki Samarqand xukmdorlarining zarb qildirgan mis
tangalari xozirgi kunda yuzlab.ayrim xollarda katta xazinalar tarzida
topilmokda. Bunday tangalar biriichi navbatda ichki mayda savdoga xizmat
qilgan. Bu tangalar boshqa
viloyatlar Naxshab CHoch, Xorazm,
Toxariston va eronda xam topilgan. YUqorida nomlari keltirilgan
viloyatlar siyosiy jixatdan bir-biri bilan ajralib ketgan bo’lsa xam
ularning O’rtasidagi savdo aloqalari yaxii yo’lga qo’yilganligidan dalolat
beradi.
Samarqand xokimlarining chiqargan tangasidan qo’shni Ustrushona
(
Jizzax va O’ratepada) viloyatida VI-VIII asrlarda zarb qilingan tangalar
tubdan farq qilgan. Ularda to’rtburchak shaklidagi teshiklar bo’lmay, balki
xukmdorning rasmi va So’g’d yozuvida xukmdorlarning nomi va unvoni
xamda tamg’asi ifodalangan.
1
SHu davrlarda CHochda. ya`ni VI-VII
asrlarda bir necha xilda
ko’plab tangalar zarb qilingan. Ularda So’g’d yozuvlari, tamg’alari,
podshoning boshi yoki rafiqalarining rasmi ifodalanar edi. Tan ga pullar
xilining ko’pligi CHochda pul savdosini juda xam rivojlanganligini
ko’rsatadi.
Yaqinda Samarqand muzey kollektsiyasidan V-VI asrlarga oid
Farg’onaning tangasini topishga muvaffak bo’lindi. Qadimiy yozuvi
bo’lgan bu yodgorlik o’sha davr xalklarining tilini o’rganishimizda yakkayu
yagona yodgorlik xisoblanadi. Keyinchalik VII -VIII asrlarda Farg’onada
to’rtburchak shaklidagi teshikka ega bo’lgan So’g’d
yozuvi tushirilgan
tangalar chiqarilgan.
SHu davrlarda zarb qilingan tangalar , O’rta Osiyo xalklarini yuksak
madaniyatga ega ekanligini birinchi navbatda tovar pul munosabatlarini
gullab-yashnaganligidan dalolat beradi.
1
Numizmatika (o’quv-uslubiy majmua). Toshkent, 2012 yil.