21
ichida podshoxning tasviri uning ichki moxiyatini ochib beradigan tarzda
zargarona san`at bilan bajarillgan. Bu davlat tangalari Surxondaryo viloyatida
ko’p uchraydi. Buxoro voxasida yirik kumush tangalari 50 nusxadan iborat xazina
topilgan.
Grek-Baqtriya xukmdorlari asosan kumushdan ba`zan oltindan va misdan
ayrim xollarda mis nikel’ qotishmasidan zarb qilingan. Bu tangalarning
mashxurligi shunga olib keldiki, O’rta Osiyoning ko’pgina janubiy Amularyo
bo’yi viloyatlaridagi xududlarda, Buxoro va Xorazm voxalarida shu tangalarga
o’xshatib tangalar chiqarildi.
YAna bir mana shunday qadimgi davlatlardan xisoblangan Parfiya xaqida
gapiradigan bo’lsak, mintaqamizning Atrek va Gurgon daryolari yuqori xavzasida
joylashgan (
Janubiy Turkmaniston ,SHimoliy-sharqiy eronning bir qismi) tarixiy
makonlardan biri qadimda shunday nom bilan yuritilgan.
Mil.av. VI asrning ikkinchi yarmida Parfiya axmoniylar qo’l ostiga tushadi
va saltanatning 16 okrug tarkibiga kiritilgan.
Parfiya tangalarida tasvir etilgan shoxlarning siymolarini xar bir shox surati
uchun individual bo’lgan
tiara (qadimgi SHarq podsholari xamda Rim
Dostları ilə paylaş: