1. Jamiyat ehtiyojlarini mumkin qadar resurslarni kam sarflab, ehtiyojni iloji boricha to’liq qondirish qonuni. Jamiyatdagi barcha iqtisodiy va ijimoiy jarayonlar, ularni amalga
oshirishda shu qonunga amal qilinadi, chunki u quyidagilarni ifodalaydi:
- ishlab chiqarishning obektiv yo’nalishi, uning xalq farovonligini oshirish, xar tomonlama
shaxsiy rivojlantirishga qaratilganligini;
- insonlarning xo’jalik faoliyati asosiy sabablarini, umumxalq iqtisodiy manfaatlarining
ustuvorligini;
- ishlab chiqarish samaradorliginining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini.
Bozor munosabatlari sharoitida bu qonunning mazmuni har tomonlama boyib boradi.
2. Qiymat qonuni yoki narx qonuni. Tovarlarning pulda ifodalangan qiymati narx deb
ataladi. Narx esa talab va taklifga bog’liq ravishda aniqlanadi Narx bozor barometridir: agar talab
va narx yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish kengayadi. Talab va narx pasayganda ishlab chiqarish
qisqaradi. Talab xajmi va tarkibi taklif xajmi va tarkibiga teng bo’lgan holdagi narx muvozanat
narxi deyiladi.
İshlab chiqariladigan har bir tovar turi, xajmi ularga bo’lgan ijtimiy extiyojlarga teng
bo’lishi, yani to’lov qobiliyatiga ega talabgateng bo’lishi kerak.
4. Talab qonuni. Uning mazmuni shundan iboratki narx qancha yuqori bo’lsa, talab shunchalik
kam bo’ladi. Talab xaridorning to’lov imkonini ifodalaydi. Bunda talab elastikligi koeffitsienti
qanday aniqlanishini ko’rib chiqamiz:
talab hajmining o’sishi % K talab elas. = narxlarning pasayishi %
4. Taklif qonuni. U narx ortishi bilan taklif ortishini
ifodalaydi. Taklif - tovar va xizmatlarning narxdagi
qiymatidir. Bunda taklif elastikligi koeffitsienti quyidagiga teng:
taklifning o’sish hajmi % K taklif elas. = narxning o’sishi %