ahamiyatlidir. Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqaruv fanining yana bir tashabbuskori — P. M.
Kerjentsev (1881- 1940)dir. U 1923-1924 yillar davomida «Mehnatni ilmiy tashkil etish», «Tashkil
etish tamoyillari», «Vaqt uchun kurash», «o’zingni o’zingtashkil et» singari asarlar yozdi. P. M.
Kerjentsev tomonidan tavsiya etilgan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlash, mehnat
sharoiti, moddiy vositalardan to’g’ri foydaanish haqidagi takliflar juda dolzarb edi.
Mehnatni tashkil etish va boshqarish nazariyasiga P. A. Popov, O. A. Ermanskiy va
boshqalar ham salmoqli hissa qo’shganlar.
Menejment rivojlanishida yangi bosqich
1985 yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Tub islohotlar
boshqaruvni, jamiyatni damokratlashtirish, oshkoralik va xalq hokimiyatini takomillashtirishning
asosiy yo’llarini ifodalab berdi. Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi
va rivojlanishi
bozor munosabatlariga o’tishga asos bo’ldi. Jamiyatdagi tub o’zgarishlar siyosat, iqtisodiyot,
menejment uslublari va texnologiyasiga jiddiy o’zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni isloh qilish hozirggacha mavjud
bo’lgan tajriba, jamiyat hayotining iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy sohalarini boshqarishning bozor
nazariyasi, qabul qilingan qonun va huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Menejment
sohasida rivojlangan mamlakatlar va o’zimizda to’plangan tajribadan foydalaniladi Bozor
infratuzilmasini rivojlantirish ko’p yillarga mo’ljallangan strategik vazifadir. Mamlakatimiz «shok
terapiyasi» usulidan voz kechdi. o’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish
bosqichma-bosqich
amalga oshirilmoqda. Davlat mulki xususiy mulk bilan bir vaqtning o’zida kooperatsiya,
tadbirkorlik, chet ellik firmalar, banklar bilan hamkorlikka asoslangan holda xo’jalik yuritish turli
usullarini qo’llash yo’li bilan amal qilishi kerak.
Menejment oldiga qo’yilgan ko’pchilik vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda. İqtisodiy
muassasalar vazifasi o’zgartirildi, boshqaruvning bozor munosabatlariga o’tishi
amalga
oshirilmoqda, boshqaruv ixtisoslashuvining chuqurlashuvi va kooperatsiya bo’yicha aloqalar
barqaror bo’lishini taminlovchi yangi tashkiliy tizimlar vujudga kelmoqtsa.
İslohotlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo’g’inlarini - asosiy bo’g’in (korxona)dan to
boshqaruvning oliy bo’g’inlarigacha qamrab olgan. Korxonalar to’g’risidagi qonun korxonalar
erkinligi miqyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari bo’yicha
istemolchilar oldidagi
majburiyatlarini oshirdi.
Xulosa
1. Menejment - boshqaruv haqidagi ilm.
2. Menejment ilmining asoschilari — F. Teylor, G. Emerson, G. Cherch va b.
3. Menejmentning asosiy ilmiy maktablari bo’lib, «mumtoz», «inson munosabatlari»,
«ijtimoiy tizim», «yangi» boshqaruv maktablari hisoblanadi.
4. O’zbekistonda boshqaruv tizimining shakllanishi boshqaruv nazariyasi tajribasiga ega
bo’lgan, qabul qilingan qonunlar va huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
5. Bozor infratuzilmasining rivojlanishi boshqaruvning strategik vazifasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: