O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
 


11-mavzu: Tashkilotning marketing xizmati. 
 
Reja: 
1. Tashkilotning marketing xizmati vazifalari va maqsadi. 
2. Marketingning vazifalari 
3. Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni 
Tashkilotning marketing xizmati vazifalari va maqsadi. 
Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishining obektiv 
sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, marketing eng avvalo tovarlar 
to’planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish 
quroli sifatida ixtiro qilingan, yaratilgan ekan. Uning maqsadi niqoyatda keng va murakkab 
masalalarni hal qilishga haratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor eqtiyojiga moslashtirib, talab va 
taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda 
keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing ko’yidagi muhim vazifalarni hal etmog’i lozim:
• xaridorlar (istemolchilar) eqtiyojini o’rganish va aniqlash; 
• tovarlarga bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish; 
• korxonaning faoliyatini xaridorlar eqtiyojiga moslashtirish; 
• avvalo talab va taklif to’g’risida olingan malumotlar asosida bozorni o’rganish; 
• tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini ortirish;
• tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun malumotlar 
to’plash va tahlil qilish; 
• tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida malumotlar olish; 
• to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar yig’ish; 
• tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab 
chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday 
darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga 
erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi - mavjud bozor segmentini 
mustaqkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida 
reklamaning asosiy xususiyati - uzluksiz tasir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor 
psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir. 
Sotishni rag’batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo’lib, bozorga chiqarilgan 
tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini taminlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini 
qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni rag’batlantirishning quyidagi faol shakllari mavjud - 
ko’rgazma-savdo, yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar. 
Baho sistemasi yordamida taklif va talab o’rtasidagi nisbatlar tartibga solinadi. Bu masala hozirgi 
kunda bizning korxonalar uchun qiyin muammolardan biridir. 
Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U 
tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to istemolchigacha bo’lgan harakatining har bir bosqichida 
qabul qilinadigan harorlarga tasir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda 
ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, 
tashish va saqlashni o’z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar siyosati 
kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o’ylab yuritilgan tovar siyosati 
resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir ishlab chiqarilgan 
mahsulotning aniq istemolchilar guruhiga mo’ljallangan bo’lishini taminlaydi. Yani, har qanday 
tovar aniq istemol manziliga ega bo’lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar 
assortimentining, amalda mavjud bo’lmagan "o’rtacha" deb ataluvchi istemolchiga 
mo’ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlangan 
tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday vaziyatlar yuz berishidan 
mustasno. 
Yuqorida sanab o’tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydalanish 


lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat istemolchidan sanoat korxonalariga va savdoga, 
ulardan esa harama-harshi yo’nalishdagi uzluksiz axborot oqimini taminlaydi. Bu esa o’z vaqtida 
ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga, sotish shartlariga, xizmat ko’rsatish soqasiga 
o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab o’tilgan maqsadlari va vazifalari bozor 
faoliyatini tashkil qilish to’g’risida to’liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini 
to’liq hal qilish uchun tayyor retseptning o’zi bo’lishi mumkin emas. Marketingni qo’llashdan oldin 
avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. 
Chunki marketing - murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara 
beruvchi ishdir. U bir tomondan aqolining etarli darajada yuqori bo’lgan eqtiyoji va talabiga, uning 
xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak. 
Bozor harakatining katta radiusini taminlash uchun tovar assortimentini tez o’zgartirish, uni 
ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan bo’lishi lozim. Bularning barchasi talab va 
taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashhari, marketingli faoliyat yuritish uchun, 
korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi 
aloqalar, yuqori darajada jiqozlangan bozor kanallari orhali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy 
masalalarni hal qilish zarur. 
İqtisodiyotimizning inqirozli vaziyati, qondirilmagan talab, turmush darajasining pastligi, 
iqtisodiy va ijtimoiy soqadagi muvozanatning yo’qligi uchun, bir harashda marketingdan 
foydalanish mumkin emasdek tuyiladi. Ammo masalaning tub moqiyati shundaki, marketing mana 
shu kamchiliklarni tugatishga yordam qiladi. Shuning uchun bizning iqtisodiyotimizda 
marketingdan foydalanish mumkin bo’lib qolmasdan, balki zaruriyatdir. İqtisodiyotni 
maqkamachilik-buyruqbozlik uslubiga asoslangan boshqarish bir butun qiyinchiliklar "dastasini" 
yuzaga chiqardi. Bular xom-ashyo bilan etarli darajada taminlanmaganlik, ishlab chiqarish 
jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydalanmaslik, ishonchsiz va didsiz reklama, korxona 
faoliyatini tezkor boshqarish va iqtisodiy rejalashtirish tizimining nomukammalligi, moliyaviy 
dastaklarning samarasizligi, ishlab chiqarilayotgan tovar sifatini yaxshilash stimulining 
harakatsizligi, bozorda yuz berayotgan jarayonlar to’g’risida aniq, to’liq va o’z vaqtida malumotga 
ega bo’lmaslik va boshqalardir. 
Respublikamiz erkin bozor munosabatlariga o’tar ekan, barcha tarmoq korxonalari 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini asosiy iqtisodiy ko’rsatkichi-foyda bo’lib qoladi. Boshqa baholash 
ko’rsatkichlari o’z kuchini nisbatan yo’qota boradi. Chunki rejalashtirish mehnat jamoalarining 
o’ziga beriladi. Shunday qilib, rejalar faqatgina aqolining tovarlar, xizmatlarga bo’lgan talabini, 
ishlab chiqarish soqasini esa mashina, asbob-uskunalar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga 
bo’lgan talabini hisobga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy mo’ljalgina bo’lib qoladi. Tovar va 
xizmatlarning yuqori sifatliligi, ularni reklama qilish - bu marketingning muhim tamoyili, raqobat 
kurashi sharoitida korxona yashovchanligining asosiy shartidir. 
Egiluvchan baholar-bizning korxonalarimiz uchun xo’jalik mexanizmini takomillashtirishi, 
xo’jalik hisobi va o’z-o’zini moliyalashtirishning yangi unsuridir. Tartibga solib turuvchi 
shartnomalar va erkin baholar-yangi strategiyasining eng muhim - shu bilan birga o’zlashtirilgan 
usulidir. 
Raqobat - monopollashgan iqtisodiyotimiz uchun, bu ham yangilikdir. Lekin, korxona bozor 
sharoitida yashab qolishni istar ekan, raqobat qonunlarini o’zlashtirishi shart. Bu sharoitda har bir 
korxona ishlab chiqarish jarayoni va tovarlarni sotishga yangicha yondashishi lozim. Xom-ashyo 
sotib olishdan tortib, to qo’shimcha xizmatlarni tashkil qilishgacha bo’lgan barcha jarayonlar 
harakati zanjirining tig’iz koordinatsiyasini taminlash lozim. Yagona yondashish va ishlab chiqarish 
jarayonlarining koordinatsiyasi yo’qligidan sanoat tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarini 
realizatsiya qilishda, bozorda ular malum vaqt ortiqcha bo’lishi yoki malum vaqtdan keyin ular 
bo’lmasligi ham mumkin. Natijada ishlab chiqarish miqdorini yana oldingi hajmda tiklashga to’g’ri 
keladi. Shunday qilib, foyda - xo’jalikning asosiy maqsadi sifatida barcha marketing dasturlarida 
hisobga olinishi shart. 
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, istemolchilar va shu bilan birga boshqa 
soqa xodimlari ham marketing nuqtayi nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari 


lozim. 

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin