O’zbеkiston rеspublikasi



Yüklə 454,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix22.01.2023
ölçüsü454,06 Kb.
#80061
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
«dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish» fan dastur



«DORI VOSITALARINI SIFATINI TA’MINLASH VA BOSHQARISH» 
FAN DASTURI 
Bilim sohasi:
500000 -Sog‗liqni saqlash va ijtimoiy ta‘minot 
Ta‘lim sohasi: 
510000 -Sog‗liqni saqlash 
Ta‘lim 
yo‗nalishlari: 
5510600 - Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
TOSHKENT –2020 







I. 
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli 
―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi, 2017 yil 5 
maydagi PQ-2956-sonli ―O‗zbekiston Respublikasida tibbiy ta‘lim tizimini yanada 
isloh qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli 
―Oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari 
va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi, 
2018 yil 5 iyundagi PQ-3775 sonli ―Oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim sifatini 
oshirish va ularning mamalakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli 
islohatlarda faol ishtirokini ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi, PQ-4310 
―Tibbiyot va farmatsevtika ta‘limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorlarini ijrosini ta‘minlash maqsadida, yuqori darajada 
ma‘naviy va ahloqiy sifatlarga ega bo‗lgan malakali kadrlarni tayyorlash ilmiy 
asoslangan, xalq manfaatlariga javob beruvchi dasturni ishlab chiqishni taqozo 
etmoqda. 
Dori vositalarini sifatini ta‘minlash va boshqarish fani yuqori malakali 
farmasevt texnolog mutaxassislarni tayyorlashda yetakchi fanlardan biri bo‗lib, 
bunga sabab dori vositalarining sifatiga qo‗yilayotgan talabning ortib borishidir. 
Ya‘ni sifat olingan oxirgi maxsulotda emas balki uning xom ashyodan boshlab to 
bemorga etib borgunigacha bo‗lgan barcha bosqichlarni o‗z ichiga oladi. Fanni 
o‗rganish davomida – sifatni boshqarish vositalari, usullari, GMP, GLP, GCP, ISO, 
ICH standartlari va PIC/S ko‗rsatmalariga e‘tibor qaratiladi.
Fanni o‗rganish natijasida kerakli bilim va amaliy ko‗nikmalariga ega bo‗lgan 
farmatsevt, MH talablari asosida dori vositasini sifatiga baho bera olish malakasini 
egallashdan tashqari dori vositalarini ro‗yxatga olish, ularni olishda 
foydalanilayotgan xom ashyo, texnologik jarayondagi oraliq mahsulotlar, jixozlar, 
binolar, saqlash sharoitlari, tashilishi sifatini baholash, dori vositasini olinish 
jarayonida xavfsizlikni ta‘minlash, xar bir jarayon uchun standart operatsion tadbir 
rejalarini, texnologik reglamentlarni tuzish, ro‗yxatdan o‗tkazish masalalarini ham 
hal eta oladi. Dori vositalarining sifatini ta‘minlashlash va boshqarishda 
qollaniladigan zamonaviy usullar. Ularning nazariy asoslari vaamaliy qollanilishi, 
qollanilaniladigan kimyoviy va fizik- kimyoviy usullarini tanlashni organish va 
amaliyotga tatbiq etish uchun bilim va qonikmalarga ega bolish kabi omillarni 
bilish muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 454,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin