chiqarish usulidan iborat.
Shunday qilib, texnologiya – bu parametrlari oldindan
berilgan mahsulotni boshqaruvchi ostida ishlab chiqarish
vositalari majmuasidan
foydalanib ishlab chiqarish usulidir.
Shuni ko‘rish mumkinki, texnologiya ma’lum faoliyat bilan bog‘langan va faqat
shu faoliyat natijasida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish vositalari
texnologiyada ustivor rolga ega va mahsulotni olishda asosiy yuklamani o‘ziga oladi.
Demak, texnologiyani o‘zlashtirish,
bir tomondan, vositalarni o‘rganish, ikkinchi
tomondan, mazkur vositalar bilan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni egallashdir. Shu
bilan birga, foydalaniladigan vositalarning imkoniyatlarini
bilish texnologiyasi
doirasida faoliyatni optimallashtirish imkonini beradi.
Axborot texnologiyalarining maqsadi axborotni odam tahlil qilish uchun uni va
shu tahlil asosida biror sa’y-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun uni
ishlab chiqarishdan iborat. Mazkur mavzu doirasida biz axborot texnologiyasi
deyilganda ob’ekt, jarayon yoki hodisaning holati to‘g‘risida
yangi sifatdagi
axborotni (axborot mahsulotini) olish uchun ma’lumotlarni (birlamchi axborotni)
to‘plash, ishlab chiqish va uzatish vositalari va metodlari majmuasini tushunamiz.
Dostları ilə paylaş: