2-ma’ruza mavzu: Axborot texnologiyasi tushunchasi va klasifikatsiyasi Reja



Yüklə 304,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.01.2023
ölçüsü304,31 Kb.
#80070
1   2   3   4
portal.guldu.uz-2-ma`ruza

1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda 
"Qo‘llik" axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. 
Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida 
amalga oshirilgan. 
2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda “Mexanik” texnologiya rivoj topgan. Uning 
asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 


3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo‘lib, “Elektromexanik” texnologiyalar 
bilan farq qiladi Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan 
foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o‘zgardi. Unda 
asosiy urg‘u axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shaqllantirishga 
ko‘chirildi. 
4-bosqich. XX asr o‘rtalariga to‘g‘ri kelib, “Elektron” texnologiyalar 
qo‘llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular 
asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash 
tizimlaridir. 
5-bosqich. XX asr oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda “Kompyuter” 
texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga 
mo‘ljallangan dasturiy vositalarga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu 
bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo‘ljallangan texnik 
vositalarning o‘zgarishi ro‘y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila 
boshlandi. 
Psixologik va pedagogik adabiyotlarda (N.V.Apatova, V.P.Bespalko, 
I.Ya.Lerner, Ye.I.Mashbits, N.F.Talizina, V.S.SHviryov va boshq.) ta’lim jarayoni 
axborot uzatishning turli jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘p karra 
ta’kidlanadi. Agar V.M.Glushakovning axborot texnologiyalari – bu axborotni ishlab 
chiqish bilan bog‘langan jarayonlar ekanligi to‘g‘risidagi ta’rifiga amal qilinadigan 
bo‘lsa, u holda ta’limda axborot texnologiyalaridan doimo foydalanib kelingan deb 
xulosa chiqarish mumkin. Texnologiya tushunchasining o‘zi amaliy tadqiqotlarning 
inson faoliyatini tubdan takomillashtirish, uning samaradorligi, jadalligini, texnik 
qurollanganligini oshirishga yo‘naltirilganligini aks ettiradi. 
Texnologiya tushunchasi moddiy ishlab chiqarish sferasida keng foydalaniladi. 
Entsiklopedik va maxsus adabiyotlarda bu tushunchaning turli ta’riflari mavjud.
Entsiklopedik lug‘at mazkur tushunchani “xomashyo, material yoki yarimtayyor 
mahsulotga, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan ishlov berish, 
tayyorlash, holati, xossalari, shaklini o‘zgartirish metodlari majmuasidir” deb 
ta’riflaydi. 

Yüklə 304,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin