O ‘zbekiston respublikasioliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


“HOZIRGI 0 ‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS ISHLARINI



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/35
tarix23.01.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#80344
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
2.9. hozirgi o`zbek adabit tilidan kurs ishi metodikasi

2.6. “HOZIRGI 0 ‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS ISHLARINI 
OCHIQ HIMOYA QILISH
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fani bo‘yicha tashkil etiladigan kurs ishlari 
mutaxassislik kafedralarida belgilangan tartibda himoya qilinadi.
Kurs ishi ilmiy rahbar taqrizidan o‘tib (4-ilova), himoyaga tavsiya etilgach, 
talaba ishni kafedraning maxsus yig'ilishida ochiq himoya qiladi.
Kurs ishini himoya qilish yakuniy baholash nazorati haftasi oralig'ida 
o'tkaziladi. Himoya kuni oldindan belgilanib, talabalarga e ’lon qilinadi. Talaba kurs
21


ishini maxsus tuzilgan hay’at huzurida himoya qiladi. Himoya vaqtida talaba kurs 
ishi mavzusining o'rganilganlik darajasi, kurs ishida amalga oshirilgan vazifalar, kurs 
ishining tadqiq obyekti va metodi, ishning ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs ishining 
tuzilishi haqida m a’lumot beradi hamda mavzuning asl mohiyatini qisqa shaihlaydi. 
Shu bilan birga, ilmiy rahbar taqrizida ko'rsatilgan e’tiroz va kamchiliklarga javob 
beradi.
Himoya jarayonida talaba kurs ishida ko‘tarilgan muammo yuzasidan chuqur 
bilimga ega ekanligini namoyon etishi, muammo bo'yicha o‘z nuqtayi nazarini bayon 
qilishi lozim.
Kurs ishini himoya qilish vaqtida talabaga hay’at a’zolari, shuningdek
himoyada ishtirok etayotgan professor-o'qituvchilar, talabalar mavzu yuzasidan 
savollar berishi mumkin.
Hay’at a ’zolari talabaning himoyadagi javoblari asosida uning yozgan ishiga 
yakuniy baho
qo‘yadilar. Agar kurs ishi talab darajasida yozilmagan b o isa , talaba kurs ishi 
himoyasiga qo'yilmaydi va ish qayta ishlash uchun qaytariladi. Kurs ishini 
belgilangan muddatda rasmiylashtirmagan hamda uni himoya qilmagan, shuningdek, 
hay’at a’zolari tomonidan kurs ishi qoniqarsiz baholangan talaba akadem qarzdor 
sanaladi.
Ko'tarilgan muammoning tadqiq darajasi, kurs ishi va uning b o iim (bob)larida 
ko'tarilgan masalalar tahlili asosida mukammal darajada yozilgan ilmiy asoslarga boy 
kurs ishini amaliyotga tatbiq etishga, xususan, amaliy va tajriba mashg ulotlarida, 
talabalar ilmiy anjumanlarida foydalanishga tavsiya etish mumkin. Himoya hay’ati 
qarori asosida bunday kurs ishini nashr etishga tavsiya etish ham mumkin.
Mukammal yozilgan kurs ishini talaba bitiruv malakaviy ishi darajasiga olib 
chiqishi ham mumkin.
22



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin