O ‘zbekiston respublikasioliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/35
tarix23.01.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#80344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
2.9. hozirgi o`zbek adabit tilidan kurs ishi metodikasi

Taqrizchiiar:
Sh.Usmonova - ToshDShI taijima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, 
filologiya fanlari doktori.
N.Sayidirahimova - TDPU o'zbek tili va uni o'qitish metodikasi dotsenti, 
filologiya fanlari nomzodi.


K I R I S H
M a’lumki, “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fani pedagogika oliy o'quv yurtlari 
o'zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida umumkasbiy blokdagi asosiy fanlardan 
bin sifatida o'qitiladi. 0 ‘quv rejasiga muvofiq talabalar “Hozirgi o'zbek adabiy tili” 
fanini uch bosqich davomida o‘rganadilar, kurs yakunida esa ushbu fan bo‘yicha kurs 
ishi yozadilar.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kure ishlari o'zbek tili va adabiyoti 
mutaxassislarini tayyorlashda talaba o'rganishi zarur b o ig an asosiy fan sohasiga oid 
nazariy bilimlami mustaqil o'zlashtirishga qaratilgan hamda talabalaming bilim 
doirasini kengaytirish, nazariyani amaliyotga tatbiq etish, fikmi erkin va mustaqil 
tarzda bayon eta olish malakasini shakllantiruvchi amaliy ish turi hisoblanadi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan ma’ruza mashg'ulotlarida egallangan 
nazariy bilimlami amaliyotga tatbiq etish, talabalami ilmiy-nazariy qarashlar asosida 
umumlashma xulosalar chiqara olishga o'rgatish, ulaming ijodiy tafakkurini o'stirish, 
ilmiy izlanishlar olib borish ko'nikmasini shakllantirish, fikmi izchil va ifodali bayon 
eta olishga o'rgatish fan bo'yicha tashkil etiladigan kurs ishlarining bosh maqsadi 
hisoblanadi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fani yuzasidan yoziladigan kurs ishi talabalami 
ilmiy-ijodiy ishga yo'naltiruvchi amaliy faoliyat turi sifatida muhim ahamiyatga ega. 
Talaba kurs ishini yozish asosida keyinchalik yirikroq tadqiqot ishlarini bajarishga 
tayyorgarlik ko'radi. Jumladan, fanlar bo'yicha tashkil etiladigan kurs ishlari 
talabalami ta’limning yuqori bosqichida bitiruv malakaviy ishini yozishga tayyorlab 
boradi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fani bo'yicha kurs ishlarini bajarish jarayonida 
talabalar:
- kurs ishi mavzusiga aloqador nazariy bilimlami mustaqil ravishda 
o'zlashtiradilar;
- kurs ishi mavzusining o'rganilganlik darajasini belgilaydilar hamda 
mavzuning ilmiy-nazariy jihatini aniqlab, muammoning ilmiy yechimiga yordam 
beruvchi eng maqbul tadqiq usullarini tanlab oladilar;
3


- kurs ishi mavzusiga aloqador ilmiy manbalami tahlil qilish asosida mavjud 
nazariy qarashlarga tanqidiy munosabat bildirish ko'nikmasiga ega boiadilar;
- til va nutq birliklarini farqlashni o rganadilar, ulaming o‘xshash va farqli 
jihatalrini ajratadilar;
- og'zaki va yozma nutqni izchil, to 'g 'ri, maqsadga muvofiq hamda mantiqli 
bayon etishga o ‘rganadilar;
- nazariy xulosalarini daliliy misollar asosida izohlay olish hamda 
umumlashtirish ko'nikmasiga ega boiadilar;
- o'zlarida ilmiy tadqiqot olib borishning dastlabki ko‘nikmalarini 
shakllantiradilar.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini shu fanning barcha yoki 
ayrim boiim lari asosida yozish mumkin. Tavsiya etilayotgan uslubiy ko‘rsatmada 
esa “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini o'zbek tilining barcha 
boiim lari bo'yicha yozishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu uslubiy ko'rsatmaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani bo'yicha kurs 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin