1. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuning hozirgi kunda dolzarbligi
darajasiga, tilshunoslikda qay darajada tadqiq etilganligi va mavzuga oid ilmiy-
nazariy manbalaming yetarli ekanligiga e’tibor qaratishi lozim.
2. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir ilmiy tasaw uri va nazariy
bilimining mavjudligiga e’tibor qaratishi lozim.
3. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuni yorita olish imkoniyati, bilimi,
qobiliyatining yetarli ekanligiga e’tibor qaratishi lozim.
4. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir mavjud ilmiy manbalami
to'liq o‘rganib chiqish imkoniyatining mavjudligiga e’tibor qaratishi lozim.
Talaba kurs ishini o ‘zi izlanish olib borayotgan muayyan mavzu bo'yicha
yozish huquqiga ham ega. Buning uchun talaba mutaxasislik kafedrasiga o 'z mavzusi
va uning rejasi haqidagi m a’lumotlami taqdim etishi hamda kafedra muhokamasidan
o‘tkazishi lozim boiadi. Mavzu kafedra tasdig'idan o’tgach, talaba “Hozirgi o'zbek
adabiy tili” fanidan mana shu mavzu bo‘yicha kurs ishini yozish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Kafedra va fakultet ilmiy kengashi tasdig'idan o'tgan kurs ishi mavzulari
talabalarga semestr boshidayoq taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: