L “HOZIRGI 0 ‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN YOZILADIGAN
KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI
1.1.
“HOZIRGI 0 ‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS ISHI
MAVZULARINING BELGILANISHI
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlari
mavzulari mutaxassislik
kafedrasida 0 ‘zR DTS va fan bo‘yicha tuzilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida
belgilanadi va a w a l kafedrada, so'ngra fakultet ilmiy
kengashida muhokama etilib
tasdiqlanadi.
“Hozirgi o ‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishi mavzularini belgilashda
talabalaming ushbu fanga oid nazariy bilimlari va ko‘nikmalarini hamda fan bo‘yicha
umumiy qiziqishlarini e’tiborga olish lozim boiadi.
T aiim dagi uzviylik va uzluksizlikni ta ’minlash maqsadida kurs ishlari
mavzularini bitiruv malakaviy ishi mavzularining m a’lum bir bob (boiim )lari
bo‘yicha belgilash maqsadga muvofiq. Masalan, “0 ‘zbek
tilshunosligida ergashgan
qo'shm a gaplar talqini” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining bir bobini “Hozirgi
o ‘zbek adabiy tili” fani bo'yicha “T a iim bosqichlari dastur va darsliklarida
ergashgan qo‘shma gaplaming ilmiy talqini” mavzuidagi kurs ishi sifatida berish
mumkin.
Shuningdek, bu muammoni “0 ‘zbek tili o'qitish metodikasi” fani bo‘yicha
“Ergashgan
qo‘shma
gaplar”
mavzusini
o'tishda
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish” yoki “Ergashgan qo'shm a gaplar” mavzusini o'tishda
o'quvchilami mustaqil fikrlashga o'rgatish” mavzularidagi kurs ishi sifatida ham
berish mumkin.
Albatta, ta iim d a bu tarzda uzviylik va uzluksizlikning ta ’minlanishi talabaning
foydali ish koeffisentini oshirishga yordam beradi, uning mavzuni
yanada chuqurroq
va atroflicha o‘rganishiga imkon yaratadi. Bu orqali ta iim jarayonida fanlar bo'yicha
mukammal kurs ishlarining bajarilishiga erishiladi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishi mavzulari talabalar tomonidan
ixtiyoriy ravishda tanlanadi. Talabalar kurs ishi mavzusini tanlashda quyidagi
masalalarga jiddiy e’tibor qaratishlari lozim boiadi.
6
1. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuning
hozirgi kunda dolzarbligi
darajasiga, tilshunoslikda qay darajada tadqiq etilganligi va mavzuga oid ilmiy-
nazariy manbalaming yetarli ekanligiga e’tibor qaratishi lozim.
2. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir ilmiy tasaw uri va nazariy
bilimining mavjudligiga e’tibor qaratishi lozim.
3. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuni yorita olish imkoniyati, bilimi,
qobiliyatining yetarli ekanligiga e’tibor qaratishi lozim.
4. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir mavjud ilmiy manbalami
to'liq o‘rganib chiqish imkoniyatining mavjudligiga e’tibor qaratishi lozim.
Talaba kurs ishini o ‘zi izlanish olib borayotgan muayyan mavzu bo'yicha
yozish huquqiga ham ega. Buning uchun talaba mutaxasislik kafedrasiga o 'z mavzusi
va uning rejasi haqidagi m a’lumotlami taqdim etishi
hamda kafedra muhokamasidan
o‘tkazishi lozim boiadi. Mavzu kafedra tasdig'idan o’tgach, talaba “Hozirgi o'zbek
adabiy tili” fanidan mana shu mavzu bo‘yicha kurs ishini yozish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Kafedra va fakultet ilmiy kengashi tasdig'idan o'tgan kurs ishi mavzulari
talabalarga semestr boshidayoq taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: