Bunday misollar to ‘g‘ri va o'rinli tanlanishi, mavzuning mohiyatiga muvofíq
kelishi
hamda talabaning ilmiy xulosalarini ilmiy asoslashga xizmat qilishi darkor.
Talabaning kurs ishi rejasida ko'tarilgan nazariy muammoni toiaqonli ochib
berishi, umumlashma ilmiy xulosalar chiqarishi tanlagan tadqiq usuliga ham bogiiq.
Kurs ishida sistem-struktur tilshunoslikning tavsiflash,
qiyoslash, zidlash, bevosita
ishtirokchilarga ajratish, transformasiyalash, modellashtirish kabi eng ilg'or
tahlil
usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Til hodisalarining bunday tadqiq usullari
yordamida tahlil etilishi o'ranilayotgan obyektining bevosita kuzatishda berilmagan
yashirin xususiyatlarini aniqlash hamda u haqida to 'g 'ri umumlashma ilmiy xulosalar
chiqarishga imkon beradi.
Talaba mavzuga oid nazariy xulosalami umumlashtirish jarayonida koiarilgan
muammo yuzasidan o‘z shaxsiy qarashlarini ham ifoda etishi lozim boiadi. B a’zan
talabaning kuzatishlari asosida chiqargan shaxsiy
xulosalari mavjud ilmiy
manbalardagi nazariy xulosalarga mos kelmasligi mumkin. Bunday holatda talaba o ‘z
ilmiy qarashlarini to'plagan daliliy misollari asosida to ‘g‘ri asoslay olsa, kurs
ishining ilmiy-nazariy qimmati yanada oshadi.
Talaba kurs ishi mavzusida ko'tarilgan muammo yuzasidan to ‘g ‘ri nazariy
xulosalar chiqarishi uchun mavzuga aloqador barcha
ilmiy manbalami chuqur
o ‘rganishi, ulami qiyosiy tahlil qilishi lozim. Shundan so ‘ng u umumlashma
xulosalar chiqarishi va to'plagan daliliy misollari asosida rejadagi masalalami yoritib
berishi lozim boiadi.
Dostları ilə paylaş: