Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 424,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix25.01.2023
ölçüsü424,54 Kb.
#80847
1   2   3   4
140-143

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–19_Issue-3_December_2022 
141 
yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy 
qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga 
xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. 
Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishdan ko‘zlangan 
asosiy maqsad o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini, milliy 
g‘urur hamda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, tafakkurini kengaytirish, 
bolalardagi ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirish hamda tashabbuskorlikni 
tarbiyalashdan iboratdir.Musiqa tinglash badiiy ta’limning muhim vositalaridan biri 
bo‘lib, u darsning barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. 
Tinglash bolalarda hayotni, borliqni anglash va bilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bunda 
musiqa tili, ifoda vositalari, janr va shakllarini o‘rganish muhimdir. U musiqani badiiy-
g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri idrok etib, estetik zavqlanishga imkon beradi. Tinglash 
qoidalari sinfda jimlikni ta’minlab, o‘quvchilarni musiqani diqqat-e’tibor bilan 
eshitishga o‘rgatib, onglilik va faollikni rivojlantiradi hamda musiqa madaniyatini 
shakllantiradi. 
Darslar davomida har bir musiqiy asarda muayyan voqelik, his-tuyg‘u va mazmun 
bo‘lishi haqida o‘quvchilarga dunyoqarashiga mos tarzda tushuntiriladi. Shu orqali 
bolalarda musiqiy taassurot va tinglash ko‘nikmasi shakllanadi. Tinglash faoliyatini 
butun dars davomida olib borish o‘quvchining asarni tushunish va ongli idrok etish, 
asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda 
badiiy mazmuni haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishiga yordam beradi, tinglash 
madaniyatini shakllantiradi. 
O‘quvchilarning faolligini oshirish va tinglash malakasini shakllantirish uchun 
“Topqirlik” mashqidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avvalgi darslarda tinglangan 
kuy-qo‘shiqlar karnaycha- (katak, tasvirlar)lar ostiga joylashtiriladi. Bolalar istalgan 
karnaychani tanlab, undan yangragan ohangning nomi va muallifini aytishadi. Bunday 
topshiriqlar o‘quvchilarni diqqatni tezkor jamlashga o‘rgatib, xotirasini 
mustahkamlaydi. 
Tinglanadigan musiqiy asar tuzilishi, badiiy-g‘oyaviy mazmuni jihatidan o‘quv-
chilarning yosh xususiyati va o‘quv dasturiga mos bo‘lishi, yangrash vaqti 1-1,5 
daqiqadan oshmasligi lozim.Tinglash jarayonini quyidagicha amalga oshirish mumkin: 
1) Bolalar diqqatini jamlash. Asar haqida o‘qituvchining kirish so‘zi; 
2) O‘qituvchi ijrosidagi yoki CD formatdagi asarni tinglash; 
3) Asarni suhbat orqali musiqiy, badiiy-g‘oyaviy jihatdan tahlil qilish; 
4) Asarni yaxlit qayta tinglagach, o‘quvchilarning taassurotlarini eshitish. 
Tinglanadigan asarlardan parchalar (mashq-qo‘shiqlar) kuylash, chapak va 
cholg‘u asboblarini chalib, ularga ritmik jo‘r bo‘lish va musiqaga mos harakatlar 
bajarish chog‘ida bilim va malaka takomillashib, mustahkamlanadi.5—7-sinf 
o‘quvchilari mustaqil fikr yuritadigan, aqlan va jismonan rivojlangan, musiqiy va 



Yüklə 424,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin