chiqarishga qaror qildi. Aytaylik, bu model, tugmachalardan biri ikki marta bosilsa,
vaqtni ovozda ayta oladi. Gapiradigan soatlar modeli (OMD atamalari bo‘yicha,
yangi sinf) ni yangidan yaratish o‘rniga muhandislar ishni uning prototipidan
boshlaydilar (OMD atamalari bo‘yicha, bazaviy sinfning yangi avlodini yaratadilar).
Hosila obyekt otasining barcha atributlari va funktsionalligini voris qilib oladi.
Sintezlangan ovozda aytilgan sonlar avlodning yangi ma’lumotlar a’zolari bo‘lib
qoladi, tugmachalarning ob’ktli
metodlari esa, ularning qo‘shimcha
funktsionalligini ishga tushirish uchun, ortiqcha yuklatilgan bo‘lishi kerak.
Tugmachalarning ikki marta bosilish hodisasiga
yangi usul javob berib, u joriy
vaqtga mos keladigan sonlar ketma-ketligi (yangi ma’lumotlar a’zolari) ning talaffuz
qilinishida namoyon bo‘ladi. Yuqorida aytilganlarning
hammasi gapiradigan
soatlarning dasturiy amalga oshirilishiga to‘liq taalluqli.
Vorislikda murojaat huquqlarining boshqarilishi
Vorislik o‘zining barcha ajdodlarining xususiyatlari, ma’lumotlari, metodlari va
voqealarini meros qilib oladigan xosila sinfini e’lon qilish imkoniyatini beradi,
shuningdek yangi tavsiflarni e’lon qilishi hamda meros sifatida olinayotgan ayrim
funksiyalarni ortiqcha yuklashi mumkin. Bazaviy sinfning ko‘rsatib o‘tilgan
tavsiflarini meros qilib olib, yangi tug‘ilgan sinfni ushbu tavsiflarni kengaytirish,
toraytirish, o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki o‘zgarishsiz qoldirishga majburlash
mumkin.
Хosila sinfni e’lon qilishning umumlashgan sintaksisi:
class
: []
{…}
Sinf o‘zining bazaviy sinfidan yuzaga kelayotganida, uning barcha nomlari xosila
sinfda avtomatik tarzda yashirin private bo‘lib qoladi. Ammo uni, bazaviy sinfning
quyidagi kirish spetsifikatorlarini ko‘rsatgan holda, osongina o‘zgartirish mumkin:
private. Bazaviy sinfning meros bo‘lib o‘tayotgan (ya’ni ximoyalangan va
ommaviy) nomlari xosila sinf nusxalarida kirib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi.
public. Bazaviy sinf va uning ajdodlarining nomlari xosila sinf nusxalarida qirib
bo‘ladigan bo‘ladi, barcha ximoyalangan nomlar esa ximoyalangan bo‘lib
qolaveradi.
Agarda yangi sinf class kalitli so‘z yordamida aniqlangan bo‘lsa unda xosila
sinfdagi meros komponentalar private kirish statusiga ega bo‘ladi, struct
yordamida esa public statusiga.
Meroslikda ko‘rsatilmagan kirish statusini asosiy(bazaviy) sinf ismini oldidan
ko‘rsatilgan private, protected va public kirish atributlari yordamida o‘zgartirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: