Тa’rif 1. A va V sinflar “mijoz va yetkazuvchi” bog‘lanishida bo‘lsa, agar V
sinfning maydoni A sinf obyekti bo‘lsa, A sinf V sinfning yetkazuvchisi deb
nomlanadi, V sinfi A sinfning mijozi deb ataladi.
Тa’rif 2. A va V sinflar “Ota-onalar va vorislar” bog‘lanishida deyiladi, agar V
sinf e’lon qilishda A sinf ota sinf sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, V sinf A sinfning
vorisi deb ataladi.
Ikkala bog‘lanish – vorislik va ichma-ich joylashganlik tranzitivlik xossasiga ega.
Agar
V sinf A sinf mijozi, va S sinf V sinfning mijozi, bo‘lsa
S sinf A sinfning
mijozi bo‘ladi. Agar V sinf A sinf vorisi bo‘lsa, S sinf V sinfning vorisi bщlsa S
sinf A sinfning vorisi bo‘ladi.
Yuqoridagi 1 va 2 ta’riflar to‘g‘ridan to‘g‘ri
mijoz va yetkazuvchi, vorislik
munosabatlarini aniqlaydi (1-bosqich mijoz,1-bosqich yetkazuvchi va hokazo).
Rekursiv tarzida shuni aniqlash mumkinki: to‘g‘ridan to‘g‘ri
k-chi bosqichdagi
mijoz k+1 bosqichdagi mijos bilan bog‘lanishda bo‘ladi. Vorislik bog‘lanishida,
tabiiy tildagi tushunchalar qo‘llanadi. Тo‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan vorislik ajdodlar
va avlodlar bog‘lanishi deyiladi. Agar sinfda boshqa sinf obyektlari mavjud bo‘lsa,
unda, sinf a’zosi - konstruktor uchun parametri sinf konstruktori ta’rifida (lekin
tavsifida emas) ko‘rsatiladi. A’zosi uchun konstruktor uning uchun parametrlar
ro‘yxatini belgilovchi konstruktor bajarilgandan so‘ng chaqiriladi.
Dostları ilə paylaş: