10- mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash



Yüklə 274,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix26.01.2023
ölçüsü274,43 Kb.
#80870
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
10 lecture

Self ko‘rsatkichi 
Sinfga birlashtirilgan protsedura va funksiyalarga usullar deyiladi. Sinf usullari 
(sinf ta’rifiga kiritilgan protsedura va funksiyalar) sinf obyektlari ustida amal 
bajaradi. Usul bajarilishi uchun obyekt nomi va nuktadan sung usul nomi 
ko‘rsatilishi lozim. Masalan: professor. Show; Sinf usuli ta’riflanganda sinf nomi va 
usul nomi ko‘rsatiladi. Usul tanasida obyekt maydonlariga murojaat kilinganda 
obyekt nomi ko‘rsatilmaydi. 
Usulga murojaat qilish dasturda uning nomini ko‘rsatish bilan bajariladi. Usullar 
sinf ichida ta’riflangan protsedura va funksiyalardir. Sinf tarkibiga usullarni 
chaqirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar saqlanuvchi maxsus jadvalga ilova 
kiradi.Usullar chaqirilganda chaqirgan obyektga ilova uzatiladi. Bu ilovaga usul 
ichida self so‘zi orqali murojaat qilish mumkin. 
Munosabat turlari. Obyektlar sinf a’zolari sifatida 
Har bir sinfni ikkita muhim jihati mavjud: u arxitektura birligini moduli 
hisoblanadi,va u bir necha ma’lumotlar turlarini aniqlagan holda sermazmun 
tushunchaga ega. Dastur tizimi sinflari hammasi bir-biri bilan o‘zaro aniq 
bog‘lanishda bo‘ladi.
Obyektli dasturlash tizimida ikkita asosiy tur sinflarni o‘zaro bog‘lanishi 
aniqlangan.Birinchi bog‘lanish “Mijoz va Yetkazuvchi”, odatda mijoz bog‘lanishi 
deb ataladi yoki ichma-ich bog‘lanishda bo‘ladi. Ikkinchi bog‘lanish “Ota-onalar 
va vorislar” bu odatda vorislik deb nomlanadi.


Тa’rif 1. A va V sinflar “mijoz va yetkazuvchi” bog‘lanishida bo‘lsa, agar V 
sinfning maydoni A sinf obyekti bo‘lsa, A sinf V sinfning yetkazuvchisi deb 
nomlanadi, V sinfi A sinfning mijozi deb ataladi.
Тa’rif 2. A va V sinflar “Ota-onalar va vorislar” bog‘lanishida deyiladi, agar V 
sinf e’lon qilishda A sinf ota sinf sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, V sinf A sinfning 
vorisi deb ataladi.
Ikkala bog‘lanish – vorislik va ichma-ich joylashganlik tranzitivlik xossasiga ega. 
Agar V sinf A sinf mijozi, va S sinf V sinfning mijozi, bo‘lsa S sinf A sinfning 
mijozi bo‘ladi. Agar V sinf A sinf vorisi bo‘lsa, S sinf V sinfning vorisi bщlsa S 
sinf A sinfning vorisi bo‘ladi.
Yuqoridagi 1 va 2 ta’riflar to‘g‘ridan to‘g‘ri mijoz va yetkazuvchi, vorislik 
munosabatlarini aniqlaydi (1-bosqich mijoz,1-bosqich yetkazuvchi va hokazo). 
Rekursiv tarzida shuni aniqlash mumkinki: to‘g‘ridan to‘g‘ri k-chi bosqichdagi 
mijoz k+1 bosqichdagi mijos bilan bog‘lanishda bo‘ladi. Vorislik bog‘lanishida, 
tabiiy tildagi tushunchalar qo‘llanadi. Тo‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan vorislik ajdodlar 
va avlodlar bog‘lanishi deyiladi. Agar sinfda boshqa sinf obyektlari mavjud bo‘lsa, 
unda, sinf a’zosi - konstruktor uchun parametri sinf konstruktori ta’rifida (lekin 
tavsifida emas) ko‘rsatiladi. A’zosi uchun konstruktor uning uchun parametrlar 
ro‘yxatini belgilovchi konstruktor bajarilgandan so‘ng chaqiriladi. 

Yüklə 274,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin