10- mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash



Yüklə 274,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix26.01.2023
ölçüsü274,43 Kb.
#80870
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
10 lecture

Sinflarda ko‘rsatkichlar 
Sinf - bu maxsus turlar bo‘lib, o‘zida maydon, usullar va xossalarni 
mujassamlashtiradi. Sinf murakkab struktura bo‘lib, ma’lumotlar ta’riflaridan 
tashqari, protsedura va funksiyalar ta’riflarini o‘z ichiga oladi. Sodda sinf ta’rifiga 
misol:
TPerson = class
private
fname: string[15];
faddress: string[35];
public
procedure Show;
end;
Sinf ma’lumotlari maydonlar, protsedura va funksiyalar usullar deb ataladi. 
Keltirilgan misolda TPerson - sinf nomi, fname va faddress – maydonlar nomlari, 
show - usul nomi.
Maydon - bu sinfga birlashtirilgan ma’lumotlardir. Sinfga qarashli maydonlar 
oddiy yozuv maydoni kabi bo‘lib, ularning farqi har xil turda bo‘lishidir.
Maydonlarga murojaat qilish 
Maydonlarga murojaat qilish sinf xossalari va usullari yordamida amalga oshiriladi. 
Maydonga murojaat qilish uchun oldin sinf nomi yozilib, keyin ajratuvchi nuqta 
qo‘yilib maydon nomi yoziladi. Maydon nomi unga mos xossa nomining birinchi 
harfi “F” bo‘lishi bilan farqlanadi. Delphi da qabul qilingan kelishuv bo‘yicha 
maydonlar nomlari f (field — maydon so‘zidan) harfidan boshlanishi lozim. 


“This” ko‘rsatkichi 
Agarda konkret obyektga ishlov berish uchun sinf a’zosi – funksiya chaqirilsa, 
unda shu funksiyaga obyektga belgilangan ko‘rsatkich avtomatik va 
ko‘rsatilmagan holda uzatiladi. Bu ko‘rsatqich this ismiga ega va x* this kabi har 
bir funksiya uchun ko‘rsatilmagan holda belgilanadi.
A’zolarga murojaat etishda this dan foydalanish ortiqcha. Asosan this bevosita 
ko‘rsatkichlar bilan manipulyatsiya qilish uchun a’zo funksiyalarini yaratilishida 
foydalaniladi.
Har qaysi obyekt sinf maydonining o‘z nusxasiga ega. Sinf usuli xotirada bitta 
nusxada bo‘ladi va hamma obyektlar bilan birgalikda ishlatiladi. Shuning uchun 
usullarni maydonlar bilan ishini tashkil etishda chaqirilayotgan obyekt uchun 
ta’minlanishiga e’tibor berish kerak. Bu esa yashirin this parametrini funksiyaga 
o‘zatishni ta’minlaydi. this ko‘rsatkichi noaniq ravishda usulning ichkarisida 
foydalaniladi. Aniq holatda esa bu ko‘rsatkich usuldagi ko‘rsatkichni hisoblashda 
(return this;) yoki chaqirilayotgan obyektga (return *this;) murojaatlarda 
qo‘llaniladi. this ko‘rsatkichini sinf usulning maydonini nomi formal parametrlar 
nomi bilan mos kelgan hollarda identifikatsiya qilishda qo‘llash mumkin. 
Identifikatsiyalashning boshqa usuli esa ko‘rinish sohasiga murojaat etishda 
qo‘llash mumkin:

Yüklə 274,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin