10- mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash



Yüklə 274,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix26.01.2023
ölçüsü274,43 Kb.
#80870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
10 lecture

Java dasturlash tili 
Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo‘lib unda 
korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili 
Oak dasturlash tili asosida paydo boʻldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida 
Sun Microsystems tomonidan platformaga (Operatsion tizimga) bog‘liq bo‘lmagan 
holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat 
boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni 
rejalashtirdilar, lekin ba’zi sabablarga koʻra bu fikridan voz kechishdi. Oak 
muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni 
WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma’lum o‘zgarishlar qilishdi.
Java Obyektga Yoʻnaltirilgan Dasturlash (OOP-object oriented programming) 
tili va u C++ ga ancha oʻxshash. Eng ko‘p yo‘l qo‘yildigan xatolarga sabab 
bo‘luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi.
Java kod yozilgan fayllar (*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt 
kod(bytecode) ga o‘tadi va bu bayt kod interpretator tomonidan o‘qib yurgizdiriladi. 
Zamonaviy vizual dasturlash muhitlari 
IDE (Integrated development environment) — dasturlash tillari uchun muhit 
hisoblanadi, ko‘pchilik bu tushunchani aynan shundayligicha biladi, lekin bu 
ta’rifning ma’nosi nimaligini unchalik tushunmaydi. Bu maqolada aynan shu IDE 
abreviaturasini tushuntirishga bag‘ishlanadi. Dasturlash muhiti deganda, siz 
yozayotgan kodlarni aynan qayerga yozish kerakligi tushuniladi. Misol uchun, 
oddiy «Блокнот» ham IDE vazifasini bajarishi mumkin. IDE sifatida, dasturlar 
yoki dasturlar yig‘indisi ishlatiladi. Zamonaviy va mashhur dasturlash muhitlariga 
quyidagilarni misol qilish mumkin . 


PHPStorm — asosan PHP dasturchilar uchun;
VisualStudio — .Net dasturchilar uchun;
NetBeans — asosan java, php dasturchilar uchun;
PHPDesigner — asosan web(PHP) dasturchilar uchun;
Agar hali ham tushunarsiz bo‘lsa, boshqa mavzuda misol keltiraman. Siz 
kompyuter tuzatuvchi ustasiz, siz o‘z ishingizni qilishingiz uchun yaxshi sharoit 
kerak: elektr toki bilan ta’minlagan xona, kerakli qurilamalarga(tester, payalnik, 
otvyorka..) ega bo‘lishingiz, har hil turdagi ulanuvchi va ulovchi simlar bo‘lishi, 
kompyuterning asosiy ehtiyot qismlarining nusxasi va boshqalar. Umuman olib 
qaraganda, bunday sharoit bo‘lmasa ham usta bo‘laverasiz, lekin biror 
kompyuterni tuzatish uchun ancha vaqt kerak bo‘lib qoladi(kerakli jihozlarni 
kimdandur so‘rash kerak bo‘ladi, tok o‘chib qolsa, uni kelishini kutish). IDE ham 
shunday, qanchalik yaxshi va qulay muhit bo‘lsa, ishingiz ham shuncha tez va 
sifatli bitadi.
Mukammal dasturlash muhitlarida, dasturchilar uchun hamma sharoitlar yaratilgan 
bo‘ladi, ya’ni biror loyihani tuzish uchun qo‘shimcha dasturlar kerak bo‘lmasligi 
lozim, misol uchun quyidagi imkoniyatlar bo‘ladi:
— matn muharriri;
— kompilyator/interpretator;
— loyihaning barcha qismlarini avtomat yig‘uvchi;
— xatolarni aniq ko‘rsatuvchi funksiyasi;
— kod sintaksislarini yozishda yordam beradigan kutubxona;
— kodni ishlatib ko‘rish uchun sharoit(emulyatorlar, brauzerlar);
— terminal(konsol uchun);
— versiyalar bilan ishlovchi modul(github);
— katalog ierarxiyasi; 
Bunday dasturlash muhitlari, dasturchilarni biroz dangasa qilib qo‘yadi degan gap 
rost, lekin tez biror loyihani tuzmoqchi bo‘lsangiz, bularsiz ancha vaqt ketib 
qoladi.

Yüklə 274,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin