10- mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash



Yüklə 274,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix26.01.2023
ölçüsü274,43 Kb.
#80870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
10 lecture

Sinflar shablon 
Sinflar shablon (qolip)ga o‘xshaydi: ular obyektlarning ekzemplyarlarini 
tayyorlash uchun qo‘llanadi. Belgilar - sinfning tashqaridan ko‘rinib turgan 
xususiyatlari. Obyekt ichki o‘zgaruvchiga bevosita kirishni takdim etganda yoki 


usul yordamida qiymatni kaytargandagina, o‘z belgilarini namoyon kilishi 
mumkin.
Hulk-atvor - xabarga yoki holatning o‘zgarishiga javoban obyekt tomonidan 
bajariladigan xatti-xarakatlar. U obyekt nima qilayotganini bildiradi.
Bir obyekt ikkinchi obyekt ustida xatti-xarakatlar bajarib, uning xulk-atvoriga 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. «Xatti-xarakat» atamasi o‘rniga «usulni chakirish», 
«funksiyasini chakirish» yoki «xabarni o‘zatish» atamalari ko‘llanadi. Muximi bu 
atamalarning qaysi biri qullanayotganida emas, albatta, muximi bu xatti-xarakatlar 
obyekt hulk-atvorini namoyon qilishga da’vat etishidadir. Obyektlar o‘rtasida 
aloqa obyektga mo‘ljallangan dasturlashning muhim tarkibiy qismidir. Obyektlar 
o‘zaro aloqasining ikkita asosiy usuli mavjuddir.
Birinchi usul: obyektlar biri ikkinchisidan mustaqil ravishda mavjud bo‘ladi. Agar 
alohida obyektlarga o‘zaro aloqa kerak bo‘lib qolsa, ular bir-birlariga xabar 
jo‘natadi. Obyektlar bir-birlari bilan xabarlar yordamida aloqa qiladi. Xabar olgan 
obyekt ma’lum xatti-xarakatlarni bajaradi. Xabar uzatish bu obyekt xolatini 
o‘zgartirish maqsadida uslubni chaqirib olish yoki xulk-atvor modellaridan birini 
ko‘llashning o‘zginasidir. 
 
Ikkinchi usul: obyekt tarkibida boshka obyektlar bo‘lishi mumkin. Xuddi OMDda 
bo‘lganidek, dastur obyektlardan tashkil topganidek, obyektlar ham, o‘z navbatida
agregattsiya yordamida boshqa obyektlardan jamlanishi mumkin. Ushbu 
obyektlarning har bittasida uslub va belgilarga ega bo‘lgan interfeys mavjud 
bo‘ladi.
Xabar - obyektga mo‘ljallangan yondoshuvning muhim tushinchasi. Xabarlar 
mexanizmi tufayli obyektlar o‘z mustakilligini saqlab qolishi mumkin. Boshqa biron 
obyektga xabar jo‘natayotgan obyekt uchun xabar olgan obyekt talabdagi xatti-
xarakatni qanday bajarishi unchalik muhim emas. Unga xatti-xarakat 
bajarilganligining o‘zi muhimdir. 

Yüklə 274,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin