PHPStorm — asosan PHP dasturchilar uchun;
VisualStudio — .Net dasturchilar uchun;
NetBeans — asosan java, php dasturchilar uchun;
PHPDesigner — asosan web(PHP) dasturchilar uchun;
Agar hali ham tushunarsiz bo‘lsa, boshqa mavzuda misol keltiraman. Siz
kompyuter tuzatuvchi ustasiz, siz o‘z ishingizni qilishingiz uchun yaxshi sharoit
kerak: elektr toki bilan ta’minlagan xona, kerakli qurilamalarga(tester, payalnik,
otvyorka..) ega bo‘lishingiz, har hil turdagi ulanuvchi va ulovchi simlar bo‘lishi,
kompyuterning asosiy ehtiyot qismlarining nusxasi va boshqalar. Umuman olib
qaraganda, bunday sharoit bo‘lmasa ham usta bo‘laverasiz, lekin biror
kompyuterni tuzatish uchun ancha vaqt kerak bo‘lib qoladi(kerakli jihozlarni
kimdandur so‘rash kerak bo‘ladi, tok o‘chib qolsa, uni kelishini kutish). IDE ham
shunday, qanchalik yaxshi va qulay muhit bo‘lsa, ishingiz ham shuncha tez va
sifatli bitadi.
Mukammal dasturlash muhitlarida, dasturchilar uchun hamma sharoitlar yaratilgan
bo‘ladi, ya’ni biror loyihani tuzish uchun qo‘shimcha dasturlar kerak bo‘lmasligi
lozim, misol uchun quyidagi imkoniyatlar bo‘ladi:
— matn muharriri;
— kompilyator/interpretator;
— loyihaning barcha qismlarini avtomat yig‘uvchi;
— xatolarni aniq ko‘rsatuvchi funksiyasi;
— kod sintaksislarini yozishda yordam beradigan kutubxona;
— kodni ishlatib ko‘rish uchun sharoit(emulyatorlar, brauzerlar);
— terminal(konsol uchun);
— versiyalar bilan ishlovchi modul(github);
— katalog ierarxiyasi;
Bunday dasturlash muhitlari, dasturchilarni biroz dangasa qilib qo‘yadi degan gap
rost, lekin tez biror loyihani tuzmoqchi bo‘lsangiz, bularsiz ancha vaqt ketib
qoladi.
Dostları ilə paylaş: