2-mavzu:Ta’lim muassasalaridavlat attestatsiya va akkreditatsiya va attestatsiyasidan o‘tkazish ( 2 soat nazariy mashg‘ulot) REJA:
1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish
mohiyati, mezonlari va texnologiyalari.
2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va
texnologiyalari asosida rasmiylashtiriladigan jadval bandlarini to‘ldirish bo‘yicha
tavsiyalar
3. Ta’lim muassasasi o‘quvchilari bilim darajalarining davlat ta’lim
standartlarigi muvofiqligi
Tayanch so‘zlar:muassasalari attestatsiyasi; akkreditatsiya; reyting
baholash tizimi; izlanuvchi; innovatsiya
(YOrdamchi manbalar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 18 iyuldagi ―O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida‖gi
qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi ―Umumiy o‘rta ta’limni
tashkil etish to‘g‘risida‖gi 140-sonli, 2017 yil 6 apreldagi ―Umumiy o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi DTSlarini tasdiqlash to‘g‘risida‖gi 187-sonli qarorlari)
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mohiyati, mezonlari va texnologiyalari Ta’lim muassasalari attestatsiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil
etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18
iyuldagi 515-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 29-son, 698-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 14 iyulda 1836-son
bilan ro‘yxatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining 2008 yil 12 iyundagi 01-193,
173, 25-son qarori bilan tasdiqlangan.
Ta’lim muassasalari attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi(bundan
keyingi o‘rinlarda DI deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi hamda o‘tkaziladi.