Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

―mos‖, mos emas‖ deb baholanadi. Natijalar bo‘limni baholash jadvaliga kiritiladi. 
Mazkur holatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi Komissiya tomonidan batafsil 
o‘rganilishi va baholanishi zarur.
(1.6-jadval).Dars jadvalining pedagogik, psixologik va gigienik 
me’ѐrlarga mosravishda tuzilganligi  
Dars jadvalini tuzish uchun o‘quv rejalari va o‘quv (tayanch) dasturlari, 
ta’lim muassasasi rahbarining uslubiy kunlarni tasdiqlagan buyrug‘i, tasdiqlangan 
dars soatlari tarifikatsiyasi jadvali, ta’lim muassasasi shifokori va psixologining dars 
jadvalini tuzishdagi fikrlari (ѐzma), dars jadvalining pedagogik-psixologik talablarga 
rioya etilgan holda tuzilganligi to‘g‘risidagi me’ѐriy talablar bajarilganligi 
baholanadi. Dars jadvali o‘quv rejasi (tayanch dastur)ga muvofiq tuziladi va ta’lim 


30 
muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dars jadvalini tuzishda fanlarning 
murakkablik darajasiga e’tibor qaratiladi. Fanlarning murakkablik darajasi 11 ballik 
tizimda quyidagicha taqsimlangan: matematika - 11 ball, ona tili va adabiѐt, xorijiy 
(rus, ingliz, fransuz, nemis) tillar - 10 ball, fizika, kimѐ, astronomiya - 9 ball, tarix, 
huquq, iqtisodiy bilim asoslari - 8 ball, tabiiy fanlar, geografiya biologiya - 7 ball, 
milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari – 6 ball, jismoniy tarbiya – 5 ball, 
mehnat – 4 ball, chizmachilik – 3 ball, tasviriy san’at - 2 ball, musiqa – 1 ball. Ta’lim 
muassasasining 1-4 sinf va 5-7 sinf dars jadvaliga bitta o‘quv fanini ikki marta 
(ketma-ket) qo‘yish tavsiya etilmaydi. Murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan o‘quv 
fanlarini ketma-ket qo‘yish mumkin. Masalan, dars jadvaldagi 2 ѐki 3-dars soatiga 
matematika fani qo‘yilsa, 4-dars soatiga jismoniy tarbiya, 5 va 6-dars soatlariga tarix 
va chizmachilik fanlarini qo‘yish e’tiborga olinsa, o‘quvchilarning toliqmasligi va 
ѐsh xususiyatlariga mosligi ta’minlanadi. Dars jadvaliga qo‘yilgan darslar bilan sinf 
jurnallariga rasmiylashtirilgan darslar sanasi bir-biriga mos bo‘lishi shart. Ta’lim 
muassasasida o‘quv fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar mavjud bo‘lsa, o‘quv 
rejalari va o‘quv dasturlari DTSga muvofiqlashtirilgan holda o‘rnatilgan tartibda 
rasmiylashtirilganligi, sinf jurnallariga o‘tilgan darslarning qayd etilishi dars jadvali 
bilan taqqoslanganda o‘zaro bir-biriga mos tushishi o‘rganiladi. Bajarilgan ishlar 
Komissiya tomonidan mukammal tahlil etilishi va tegishlicha baholanadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin