Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Ta’lim muassasasining texnik pasportida (2-satr)



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Ta’lim muassasasining texnik pasportida (2-satr) qurilish me’ѐrlari va 
qoidalari, sanitariya me’ѐrlari, tarbiyalanuvchilar sog‘ligi muhofazasi, ta’lim-tarbiya 
jaraѐnining va guruh xonalarining minimal ta’minoti bo‘yicha davlat talablari 
ko‘rsatilishi kerak. Ushbu hujjat tuman(shahar) ta’lim muassasalari faoliyatini 
ta’minlash va tashkil etish bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Ichki mehnat tartib-qoidalarida (3-satr) har bir xodimning ish tartibi
ishga kelish-ketish vaqti ѐzilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda ta’lim 
muassasasidagi tartib-qoidalar aks etishi lozim. Ishga yangi kelgan har bir xodim 
ichki mehnat tartib-qoidasi bilan tanishtiriladi va tanishganligi to‘g‘risida qayd 
qilinadigan daftar tutilib, unga tanishgan sanasi va imzosi qo‘yiladi.
Muassasani qabul qilish haqidagi dalolatnoma (4-satr)Ta’lim muassasasi 
rahbari o‘zgarganda ta’lim muassasasiga tegishli moddiy-moliyaviy ashѐlarni, xalq 
ta’limi boshqaruv organlarining mas’ul vakillari tomonidan ixtiѐriy ravishda 
tuzilgan, sobiq rahbar ishtirokida muassasani dalolatnoma asosida ikkinchi rahbarga 
topshiradi. Dalolatnomaga topshirilaѐtgan narsalar ro‘yxati ilova qilinadi. Ushbu 
hujjat ta’lim muassasasida doimiy saqlanadi.
Ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayѐrgarlik to‘g‘risidagi 
dalolatnomasi (5-satr) har o‘quv yili boshida (iyul-avgust oyida) tuziladi va tuman 
hokimi o‘rinbosari, tuman(shahar) ta’lim muassasalari faoliyatini ta’minlash va 
tashkil etish bo‘limi mudiri, tuman gaz ta’minoti korxonasi raisi, tuman elektr 
tarmoqlari korxonasi rahbari va tuman ѐng‘indan muhofaza qilish bo‘limi rahbarlari 
tomonidan imzolanadi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining attestatsiyadan 
o‘tganligi va akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlari (6-satr) Bunda 
ta’lim muassasasining attestatsiyadan o‘tgan yili, akkreditatsiya qilinganganligi 
haqidagi sertifikat raqami, berilgan yili haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ushbu 
sertifikat ta’lim muassasasida saqlanadi.a gar muassasa attestatsiyadan o‘tmagan, 
akkreditatsiya qilinmagan bo‘lsa ―mos emas‖ deb baholanadi.
Ta’lim muassasasining istiqbol rejasi (7-satr) O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2004 yil 21 maydagi ―2004-2009 yillarda maktab ta’limini 
rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida‖gi PF-3431 Farmonida 
belgilangan vazifalardan kelib chiqib tuzilganligi, unda ta’lim muassasasining binosi 
va qo‘shimcha imoratlarining holatini yaxshilash, zamonaviy o‘quv va o‘quv-
laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar 
bilan jihozlash, malakali pedagoglar bilan ta’minlash, ularning malakasini oshirish 
va mehnatini rag‘batlantirish, sport bazasini mustahkamlash va rivojlantirish 
ishlarining amalga oshirilgani haqidagi ma’lumotlar to‘liq kiritiladi.
Ta’lim muassasasida kelgan va ketgan hujjatlar(8-satr) (buyruq, xat, 
ko‘rsatma va boshqalar)ning nazoratga olinganligi, hujjatlarning maxsus daftarlarga 
qayd etilganligi, belgilangan vazifalarning bajarilish muddati, ijrosi uchun mas’ul 
tayinlanganligi, bajarilganlik belgisi nazoratga olinganligi, kelgan va ketgan 
hujjatlarni qayd etish daftari sahifalari raqamlangani, tikilgani, ta’lim muassasasi 


32 
rahbari tomonidan imzolanib va muhrlangani, olingan buyruqlar soni, daftar talabga 
javob beradi ѐki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar ѐzilib, baholandi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin