YAkkalashtirilgan ѐndashuv – pedagogik jamoani tabaqalashtirish darajasi sifatida birinchi o‘rinda maktab ichki metodik ishi tizimida har bir pedagogning kasbiy-shaxsiy rivojlanish individual harakat yo‘nalishini tuzishdan iborat. SHuning uchun tabaqalashtirilgan va yakkalashtirilgan ѐndashuvning shaxsiy
rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishi aniq namoѐn bo‘ladi.
Metodik jaraѐnni diagnostika (tashxis) asosida tashkil etish nafaqat
pedagogik jamoani tabaqalashtirishga olib keladi, balki shaxsga yo‘naltirishga ham
olib keladi. Unga muvofiq ―SHaxsdan tashqari tizim sifatida ta’lim tizimiga bog‘liq emas‖butun metodik jaraѐn pedagogning shaxsiga, uning tajribasi, bilimlari, kasbiy qi-ziqishlari va ko‘nikmalariga bog‘liq ravishda quriladi (M.
V. Klarin). 51
SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, shu jumladan, katta ѐshdagilar ta’limi
(xususan pedagoglar) – ta’lim jaraѐni sub’ektlarining namoѐn bo‘lishi hamda uni
amalga oshi-rishdan iborat bo‘ladi.
Ta’lim muassasasining metodik faoliyati tizimida shaxsga yo‘naltirilgan
texnologiyani egallash – bu metodik jaraѐnni shunday tashkil etish demakki, bunda
shaxsning muhim vazifalari: qadriyatlarni tanlash, o‘z faoliyati mazmunini anglash,
o‘z qobiliyatlari va ichki imkoniyatlarini amalga oshirish aks etsin. SHaxs uning haѐt
faoliyatiga zaruriyat tug‘ilsagina, rivojlanadi.
Rahbar va pedagog tomonidan innovatsion faoliyatni egallashning samarali
mexanizmi – shaxsni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim konsepsiyasiga asoslangan
kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishdan iborat.
Boshqa didaktik g‘oyalardan farqli ravishda, shaxsni rivojlantirishga
qaratilgan g‘oyani pedagog oddiy metodik qo‘l-lanma kabi qabul qila olmaydi,
chunki ―o‘zi shu g‘oyaga kelishi kerak‖. SHu sababli, mualliflik metodik tizim
asosiga pedagogning qobiliyatlari, kasbiy-shaxsiy rivojlanish loyihalari kiritilishi
kerak, chunki u o‘z kasbiy va psixologik-pedagogik madaniyatini boyitishi lozim.