Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Makromadaniy ѐndashuv.  
Ta’lim muassasasi mualliflik metodik tizimining loyihasini yaratishda uning 
tashkiliy madaniyati, qoidalar, odatlar, qadriyatlar, an’analar, ahloq me’ѐrlari, 
faoliyat usullari, kutilgan natijalar va tashkilot a’zolariga tegishli holatlarni inobatga 
olish juda muhim ahamiyatga ega. Aynan muassasa madaniyati innovatsion 
jaraѐnlarning samaradorligiga bevosita ta’sir etadi.
Muassasa madaniyatining har bir turini, xususiyatlarini aniqlamasdan 
funksional, jamoa faoliyati, ―ordenlar‖, shaxsiy ―yulduz‖ – ularning ma’lum 
maktablardagi qismini bilmay turib, metodik faoliyatning muqobil tizimini yaratish 
mumkin emas.


39 
Tashkiliy madaniyatning barcha 4 ta turini, shuningdek, hududlardagi qator 
ta’lim muassasalarida mualliflik metodik tizimlarini yaratish tajribasini tahlil qilgan 
holda, pedagoglarning shaxsiy mualliflik tizimlari ustunlik qilishiga sabab 
―yulduzlar madaniyati‖, mualliflik umumta’lim maktab metodik tizimini yaratish va 
amalga oshirish – ―orden‖ madaniyati va ta’lim muassasasining jamoa-faoliyat 
madaniyati paydo bo‘lishiga olib kelishi aniqlandi.
SHunday qilib, ta’lim muassasasini boshqaraѐtgan rahbar uni tashkil etish 
madaniyatini anglab etsa, innovatsion-metodik, ta’lim-tarbiya va boshqa jaraѐnlarni 
boshqarishning muqobil strategiyasini belgilashga imkon beradi.
Tadqiqiy ѐndashuv – tajriba-sinov metodik ishining ilmiy asosidir  
Metodik ish tizimiga tadqiqiy ѐndashuvmasdan turib, ta’lim muassasasini 
yangilash, innovatsiyalarni amalda qo‘llash va muqobil optimal metodik tizimning 
loyihasini yaratish mumkin emas. Zamonaviy rahbar o‘zining shaxsiy tadqiqot 
faoliyatini boshqarish, shu bilan birga pedagog va bolalar-ning tadqiqotchilik ishini 
faollashtirishda lider (sardor) bo‘lishi kerak.
Bugun 
ta’lim 
muassasalarida 
amalga 
oshirilaѐtgan 
innovatsion 
o‘zgarishlarning turli-tumanligi o‘tkazilaѐtgan qator ilmiy tadqiqotlardan iborat.
Tadqiqiy ѐndashuvish rahbarning kelajakni rejalashtirish, modellashtirish, 
eksperimental, loyihalash, refleksiv faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Pedagogik 
loyihalash, bir tomondan, nazariy bilimlarni talab qilsa, ikkinchi tomondan, tajriba-
sinov davrida kafolatlangan natijalarga erishish maqsadida jamoa faoliyatini 
algoritmlashtirilgan – texnologik ѐndashuvni tashkil etish qobiliyatini talab qiladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin