42
ilg‘or g‘oyalarni aprobatsiyadan o‘tkazish uchun tajriba-sinov maydonchalarini
tashkil etish va ularga metodik ѐrdam ko‘rsatish;
Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, darslik, metodik va ko‘rsatmali
qo‘llanmalar, tavsiyalar hamda boshqa metodik materiallarni ilmiy-metodik
kengashdan o‘tkazish va nashrga tayѐrlash ishlarini tashkillashtirish;
o‘quv jaraѐniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, metodlari hamda
yangi axborot-kommunikativ vositalarini joriy etishda pedagoglarga ko‘maklashish;
Xalq ta’limi vazirligi ko‘rsatmalari asosida o‘quv adabiѐtlari-ni yaratish
bo‘yicha mualliflar tarkibi tanlovi va o‘quv adabiѐtlari tanlovi hujjatlari loyihalarini
tayѐrlash, tanlovni tashkil etishda amaliy ѐrdam berish;
belgilangan tartibda O‘zbekistonda ta’lim yo‘nalishida faoliyat
ko‘rsataѐtgan va boshqa xalqaro tashkilotlar (YUNESKO, YUNISEF va h. k.) bilan
aloqa o‘rnatish;
ta’lim muassasalarida metodik xizmatga doir
ilmiy tadqiqot ish-la-rini
amalga oshirish;
fan, metodik xizmat ko‘rsatish va malaka oshirishning samaradorligiga
erishishda hamkorlik faoliyatini uyg‘unlashtirish;
pedagog kadrlarning malaka oshirishini tizimli va mustaqil o‘qishlarini
tashkil etishda ѐrdam ko‘rsatish;
pedagog va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini
oshirishda hozirgi zamon ijtimoiy va ilmiy texnika taraqqiѐtiga javob beradigan
ilg‘or shakllarni, pedagogik texnologiya, innovatsiyalarni ta’limning texnika va
axborot vositalarini joriy etish;
matbuot orqali ilg‘or
tajribalarni, ta’lim sohasidagi yangiliklarni targ‘ibot
qilish.
Metodik ishlarda seminarlar va seminar-praktikumlarning ahamiyati
qanday?
Ta’lim muassasalarida seminar va seminar praktikumlar metodik ishlarni
tashkil etishning samarali vositasi hisoblanadi. Agar seminar yaxshi tayѐrlangan
bo‘lsa (mavzusi o‘qituvchilar ehtiѐjlari asosida tanlangan, batafsil reja ishlab
chiqilgan, ish vaqti optimal belgilangan, o‘qituvchilarning seminar jaraѐnidagi
vazifalari, ishtiroki anikdashtirilgan bo‘lsa va h.k.), uning natijalari, albatta,
yuqori
bo‘ladi. Seminarlar va seminar-praktikumlar o‘qituvchilarning professional
mahoratini takomillashtirishga xizmat qiladi. SHuning uchun ham, ular amaliѐtda
keng qo‘llaniladi. Ta’lim muassasasining ish rejasida seminar- praktikum mavzulari
belgilanadi, avgust kengashlarida keng muhokama qilinib, batafsil reja ishlab
chiqilib, tasdiqlanadi. Birinchi mashg‘ulotdaѐq, mazkur rejani o‘qituvchilar javobini
olishni kutaѐtgan konkret savollar bilan to‘ldirishni taklif etish mumkin. Seminar 2-3
va undan ham ko‘p mashg‘ulotlardan tashkil topishi mumkin. Mazkur seminarlarda
interfaol metodlardan keng foydalanib, mavjud muammolar echimi amalga
oshiriladi, yangi adabiѐtlar
bilan tanishtiriladi, ilg‘or tajribalar bilan almashiladi,
amaliy mashg‘ulotlar bajariladi, hamkasb ishi kuzatiladi va h.k.
Keyingi paytlarda pedagoglar bilan treninglar o‘tkazish amaliѐtga keng joriy
etilmokda. Ularning asosiy maqsadi — pedagogika va psixologiyaning eng yangi
43
yutuqlari bilan tanishtirishdan iboratdir. Bunday treninglarni o‘tkazish uning
tashkilotchilaridan yuqori darajadagi malakani talab etadi. Odatda, treningni
tayѐrlash va o‘tkazish maxsus tayѐrgarlikdan o‘tgan xodim ѐki muassasa rahbari,
pedagog va psixolog zimmasiga yuklatiladi.
Trening — bu shaxsning turli psixik sifatlarini (diqqat, xotira, iroda va h.k.)
mashq qildirish, o‘zini-o‘zi psixofiziologik holatini boshqarish, ma’lumotlarni qabul
qilish va qayta ishlash, mehnatni tashkil etishning turli usullarini o‘zlashtirish
bo‘yicha maxsus tanlangan mashqlar tizimidir.
SHunga o‘xshagan mashqlarning muhim ahamiyati — o‘zining xulqiga,
yurish-turishiga
chetdan baho olish, shuningdek, o‘zining harakterini o‘zi
baholashidir.
Seminarlarda pedagoglarning faolligini oshirish uchun nimalarga ko‘proq
e’tibor berish lozim?
Mazkur masala, ayniqsa, bugungi, texnologiyalar jadal rivojlanaѐtgan davrda
alohida ahamiyat kasb etadi. Quyida biz ta’lim muassasasida metodik tadbirlarni
tayѐrlash va o‘tkazish jaraѐnida pedagoglar faolligini oshirishning ayrim metodlarini
keltirib o‘tamiz.
Eng yaxshi pedagoglarga o‘quvchilar bilan ishlash amaliѐtidan konkret
holatni tavsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Pedagog xohlagan sharoitda to‘g‘ri
qaror qabul qilishni bilishi lozim. Mazkur metod taklif etilgan qator holatlarni chukur
tahlil etib, asoslangan qaror qabul qilish imkonini beradi. Bu esa, o‘z o‘rnida, taklif
etilgan holatni har tomonlama va chuqur taxlil qilishni, taqqoslashni hamda qabul
qilingan qarorni asoslashni talab etadi. Konkret holatlarning to‘rtta turi mavjudligi
ma’lum.
Dostları ilə paylaş: