Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Camarali rahbarlikka xos xislatlar qatoriga



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Camarali rahbarlikka xos xislatlar qatoriga:  
Strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi;
Ishchilarni, mehnat resurslarini taqsimlash bo‘yicha maq-bul va o‘z 
vaqtida qaror qabul qilish;


48 
Faoliyat doirasini kengaytirish ѐki yuksak tartibda mehnat qilish evaziga 
o‘z mas’uliyatini oshirishga intilish;
Favqulodda sharoitda ijodiy va ratsional qaror qabul qila olish;
O‘z kuchiga ishonch;
O‘z huquqlarini anglash va mas’uliyatni his qilish;
Kezi kelganda qurbon berishga ham tayѐr turish;
Muloqot malakalarini mukammallashtirishga intilish;
Murakkab va inqirozli vaziyatdagi jaraѐnlarni tahlil etish va 
muammolarning echimlarini topa olish
Mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuch-g‘ayratni 
safarbar etish;
Aybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish, tavakkaldan 
qo‘rqmaydigan va mustaqil fikrdagi xodimlar bilan ishlash xohishi;
Amalga oshirilaѐtgan g‘oya va natijalarni ishlab chiqarishga, joriy etishga 
xuddi shaxsiy mulkdek qarashlarni kiritish mumkin.
Uzluksiz metodik xizmat – o‘zaro bog‘langan va maqsad – mohiyati jihatidan 
o‘qituvchilarning DTSda belgilab berilgan talablar darajasida faoliyat ko‘rsatishlarini 
metodik asosda to‘liq ta’minlashdan iborat bo‘lgan yaxlit tizimdir. Bizga ma’lumki, 
O‘zbekistonda davlat va uni boshqarish ishlari avloddan-avlodga o‘tib sayqallanib, 
takomillashib kelgan. Buyuk allomalar, davlat rahbarlarining boshqaruv haqidagi 
o‘gitlari hozirgi mustaqillik davrida ham barcha rahbarlarga boshqaruv ishlarida 
dasturilamal bo‘lib kelmoqda.
Zamonaviy rahbarlik to‘g‘risida fikr yurita borib shuni ta’kidlashimiz 
joizki, rahbar mas’uliyati, o‘z ish faoliyati bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, 
malakasi, tajribasi haqida gap ketganda quyidagi muhim jihatlar sanab o‘tilishi zarur:
rahbarlikka mosligi;
mas’uliyatni his etish darajasi;
sadoqatliligi, mustaqillikka bo‘lgan ishonchi;
sobiq totalitar tuzumga munosabati, uning asoratlaridan to‘g‘ri xulosa 
chiqara olishi;
tashkilotchilik qobiliyati;
mustaqillik vazifalarini amalga oshirishda xalq bilan o‘zaro hamkorlikda 
ish yuritishi;
o‘z atrofiga sog‘lom kuchlarni to‘plashi va ularga tayanishi;
rasmiyatchilikka berilmasligi;
o‘z bilimini muntazam oshirib borishi;
yangicha tafakkur tarziga, fikrlar xilma-xilligiga ega bo‘lishi;
o‘zgalar fikrini eshitishi va hurmat qilishi;
o‘z manfaatini boshqalar manfaati bilan uyg‘un qo‘yishi.
Bu fikrlar har bir rahbar uchun kundalik ish faoliyatida harakat dasturiga 
aylanishi kerak. Darhaqiqat, boshqaruv nihoyatda murakkab va serqirra jaraѐn, 
shuning uchun, unga chuqurroq nazar tashlash lozim. Bunda boshqaruvchi (menejer) 
faoliyatini tashkil qilishning o‘ziga xos tamoyillari mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari 
qatoriga:


49 
kompetentlilik – bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik, 
mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish;
insonparvarlik – o‘quvchi, o‘qituvchi, ota-onalarga do‘stona munosabatda 
bo‘lish. Ular hurmatini joyiga qo‘yish, e’zozlash;
o‘z kasbini sevish– o‘ziga ishonch, optimizm, o‘z faoliyatini mahoratli 
boshqarishga erishish;
pragmatizm– ishning pirovard natijasini ko‘ra bilish va unga erishish, ish 
vaqtidan unumli foydalanish, barcha ichki va tashqi imkoniyatlarni ishga sola bilish;
boshqaruvning ustuvor sohalari – oldindan bashorat etish, ko‘ra bilish. 
Rejalashtirishning ijro mexanizmini ishlash;
konstruktivlik – kuchlarni muvofiqlashtirish;
nazorat – o‘quv ishini boshqarishlarni kiritish mumkin.
Ma’lumki, respublikamizda maktab rahbarlari tayѐrlaydigan oliy o‘quv yurti 
va maxsus fakultetlar mavjud emas. Rahbarlik salohiyati bevosita o‘qituvchining 
maktabdagi ish faoliyati davomida shakllanadi. Undan eng avvalo bilim, tajriba, o‘z 
ishiga sodiqlik, tashabbuskorlik, kompetentlik, tadbirkorlik, halollik, talabchanlik, 
adolatlilik, madaniyatlilik va jamoani ma’lum maqsadga yo‘naltira bilish ko‘nikmasi 
talab etiladi.
Hozirda zamonaviy maktab rahbari qanday bo‘lishi kerak? Uning faoliyat 
jaraѐnlari qanday vazifalarni o‘ziga qamraydi? Zamonaviy maktab rahbarining 
asosiy fazilatlari, sifatlari va faoliyat qirralari nimalarda namoѐn bo‘ladi? Maktab 
rahbarining faoliyati ta’lim-tarbiya jaraѐniga qanday ta’sir qiladi? Ushbu savollarga 
javob berish asosida zamonaviy maktab rahbariga xos bo‘lgan asosiy fazilatlar
sifatlar va xususiyatlari keltiriladi.
Ta’lim mazmunini sifatli ta’minlashda ijodkor maktab rahbarining faoliyatini 
shartli tarzda uch bosqichga bo‘lish mumkin:
1. Ta’lim strategiyasini belgilash. Bunga rahbar va uning o‘rinbosarlari 
innovatsion va samara beradigan g‘oyalarga ega, tashabbuskor bo‘lishi, bu g‘oyalar 
asosida maktab faoliyatini rejalashtirishi va bu reja bilan jamoani tanishtirish jaraѐni 
kiradi.
2. Texnologik jaraѐn. Ishlab chiqilgan nazariy yo‘nalishdagi pedagogik 
g‘oyalarni amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini jamoa bilan belgilab chiqishdan iborat.
3. SHaxsiy munosabatlar o‘rnatish. Bu ilg‘or pedagogik g‘oyalarni amalga 
oshirishga kirishish, ularni amalga oshirishda pedagogik jamoa, ota-onalar
o‘quvchilar hamda davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishni o‘z ichiga 
oladi.
Rossiya tadqiqotchilari, xususan, V.M. SHepel tomonidan tavsiya etilgan 
rahbar professiogrammasida favqulodda qobiliyat, fundamental bilim va boy tajriba 
ko‘rsatib o‘tiladi. SHuningdek, olim rahbarning g‘oyaviy-axloqiy (dunѐqarashi, 
madaniyati, fuqarolik sifatlari), ilmiy – professional (tajribasi, nazariy va amaliy 
omilkorligi), tashkilotchilik (kadrlar bilan ishlay olishi, ularning ishini rejalashtirish 
va nazorat qilish), psixofizik (ruhiy sifatlari, tizimli, mantiqiy mushohada eta olishi, 
dunѐqarashining kengligi, dunѐqarashining kengligi, xotirasining kuchliligi, 
irodasining mustahkamligi) xususiyatlarini ham nazardan chetda qoldirmaydi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin