33
imzolanadi. Daftarning har bir sahifasi raqamlanadi,
tikiladi, T(SH)XTB
rahbari
tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida (9 sinf bitiruvchilari uchun)
va o‘rta
ma’lumot to‘g‘risida (11-sinf bitiruvchilari mavjud ta’lim muassasalari uchun)
shahodatnomalarni hisobga olish va o‘quvchilarga topshirishni qayd qilish
kitoblari 4,5-satrlar) ning birinchi qismi sahifalarida qabul qilib olingan va berilgan
shahodatnomalarning seriyalari va raqamlari,
olingan sanasi, qabul qilib olish ѐki
berish asoslari ko‘rsatilgan holda shahodatnomalar alohida-alohida qayd etiladi. SHu
sahifalarning o‘zida foydalanilmay qolgan (to‘ldirilmagan) shahodatnomalari va
buzilgan blankalar (seriyalari va raqamlari ko‘rsatilgan holda) alohida qayd etiladi.
Mazkur shahodatnomalar xalq ta’limi boshqaruv organlariga qaytarib topshiriladi.
Mas’ul xodim shahodatnomalarni olganliklari to‘g‘risida imzo qo‘yadi. Kitobning
ikkinchi qismida bitiruvchilar haqida ma’lumotlar qayd etiladi: familiyasi, ismi,
sharifi, tug‘ilgan oyi, yili, kuni, ushbu ta’lim muassasasiga
qabul qilingan yili,
shahodatnomada qayd etilgan baholari, pedagogik kengash qarorining sanasi va
baѐnnoma tartibi, bitiruvchining surati. Bitiruvchi shahodatnomani olganligi haqida
―...raqamli shahodatnomani ...yil ...kun ...oyda oldim‖ deb ѐzadi va imzosini
qo‘yadi. SHahodatnomaning dublikatini olishda asl
nusxasining raqami ustidan
ixtiѐriy chiziq qizil siѐhda chizilib, ѐniga ―yo‘qolgan (buzilgan) ...raqamli
shahodatnoma o‘rniga dublikat berilgan‖ deb ѐziladi. Dublikat berish ham
belgilangan tartibda amalga oshiriladi va shahodatnomaning o‘ng tomonining yuqori
qismiga ―Dublikat‖ deb ѐziladi. Kitobga kiritilgan bitiruvchilarning to‘liq ro‘yxati
oxirida ta’lim muassasasi rahbari, uning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va
sinf rahbarlarining imzolari qo‘yiladi hamda ta’lim muassasaning gerbli muhri bilan
tasdiqlanadi. Kitobning sahifalari raqamlanadi, tikiladi, T(SH)XTB rahbari
tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. Kitoblardagi xatoliklar tuzatilganda rahbar
tomonidan izohlanadi, imzolanadi va muhrlanadi. Ushbu talablarning bajarilganligi
Komissiya tomonidan tahlil etiladi va tegishlicha baholanadi.
Dostları ilə paylaş: