Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


(1.7-jadval). Tashkiliy va boshqaruv hujjatlarining yuritilishi



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

(1.7-jadval). Tashkiliy va boshqaruv hujjatlarining yuritilishi Ta’lim 
muassasalari boshqaruvining huquqiy-me’ѐriy va idoraviy me’ѐriy hujjatlar bilan 
ta’minlanishi ahvoliga oid jadvallar alohida talablar asosida to‘ldirilishi va 
rasmiylashtirilishi lozim. CHunki, har bir huquqiy–me’ѐriy hujjatning ijrosini 
ta’minlash maqsadidan kelib chiqqan holda ta’lim muassasasida hujjatlarda 
belgilangan vazifalarning ijrosi bo‘yicha ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlarning 
to‘laqonli bajarilishi nazoratga olingan, ijro intizomiga qat’iy amal qilinganligi
shuningdek, hujjatlar ijrosi bo‘yicha yig‘ma jildlarning rasmiylashishi holatiga baho 
beriladi. Ta’lim muassasalari boshqaruvining huquqiy-me’ѐriy va idoraviy me’ѐriy 
hujjatlariga tegishli bo‘lim o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilgan jadvallar asosida 
baholanadi va bajarilish sifatining foizi aniqlanadi. Ta’lim muassasasi Ustavi, 
Pasporti, ichki mehnat tartibi qoidalari, rahbar tomonidan muassasani qabul qilganlik 
to‘g‘risidagi dalolatnoma, yangi o‘quv yiliga tayѐrgarlik sifati haqidagi dalolatnoma, 
oldingi attestatsiya materiallari va akkreditatsiyadan o‘tganligi haqidagi hujjatlar
ta’lim muassasas ining istiqbol rejasi, ta’lim muassasasiga kelgan va ketgan 
hujjatlarni va monitoring natijalarini qayd etish daftarlari hamda ular ijrosining sifati 
baholanadi.
Ta’lim muassasasi Ustavi (1-satr) - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilishi va 
Ustav - 1) umumiy qoidalar, 2) maktabning maqsad va vazifalari, 3) maktab ta’lim-
tarbiya jaraѐnining mazmuni va uni tashkil etish, 4) o‘quvchilarning huquq va 
burchlari, 5) maktab pedagog xodimlari, 6) maktabni boshqarish, 7) ota-onalar ѐki 
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari, 8) 
maktabning moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti, 9) maktabning xalqaro 
hamkorlik faoliyati bo‘limlaridan iborat. Ustavning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini 
o‘rganishda ta’lim muassasasi pedagogik kengashida muhokama qilinganligi va 
o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun tavsiya etish haqida qaror qabul qilinganligiga, 


31 
tuman(shahar) ta’lim muassasalari faoliyatini ta’minlash va tashkil etish bo‘limi 
buyrug‘i bilan tasdiqlangan va mudir tomonidan (imzo va muhr bilan) rasmiylashgan 
bo‘lishi, mahalliy davlat hokimiyati tomonidan ro‘yxatga olinganligi (tegishli raqam 
va muhr bo‘lishi shart), Ustavga o‘zgartirish kiritilsa, kiritilgan o‘zgartirishni 
rasmiylashtirish yangidan amalga oshirilganligi o‘rganiladi va baholanadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin