(1.3-jadval) Amaliy mehnat mashg‘ulotlarini o‘tkazish hujjatlarining rasmiylashtirilishi Amaliy mehnat mashg‘ulotlarini tashkil etishda quyidagi hujjatlar bo‘lishi
lozim: ta’lim muassasasi hududining haritasi (1-ustun)da amaliy mehnat
mashg‘ulotlarini o‘tkazish va javobgar shaxslar (ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosari va amaliy mehnat mashg‘ulotlarida ishtirok etuvchi sinf
rahbarlari)ni tayinlash haqidagi ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i, ta’lim
muassasa hududining kichik hududlarga taqsimlanishi jadvali va ularni sinflarga
biriktirilganligi haqidagi ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i (2-ustun), amaliy
mehnat mashg‘ulotlari o‘tkazish jadvali (3-ustun) va amaliy mehnat mashg‘ulotlari
o‘tkazish rejasi maktabning pedagogika kengashida ko‘rib chiqib tasdiqlanganligi (4-
ustunda tayanch o‘quv reja (amaldagi variant)da belgilangan amaliy mehnat
mashg‘ulotlari 5, 6, 7, 8–sinflarda sinfdan-sinfga ko‘chirish bo‘yicha bosqichli
nazorat imtihonlari tugagandan so‘ng, ѐzgi ta’til kunlari davomida olib borilishi)
amaliy mehnat mashg‘ulotlari 5-6-sinflarda 6 kun, 7-sinfda 10 kun, 8-sinfda 16 kun 4
soatdan, 10*-sinfda 20 kun 6 soatdan o‘tkazilganligi haqida ma’lumotlar kiritilishi
kerak. (*vaqtinchalik sinflari mavjud ta’lim muassasasiga tegishli). (1.4-jadval)Ta’lim muassasasida majburiy ta’limning bajarilishi-ta’lim
muassasasiga mahalliy hokimiyat qarori bilan o‘rnatilgan tartibda kichik hudud
biriktirilganligi haqidagi tuman hokimining buyrug‘i (1-ustun), kichik hududdagi
maktab ѐshidagi jami ro‘yxatga olingan bolalar soni (2-ustun), shulardan necha nafar
bola mazkur maktabda ta’lim oladi (3-ustun), boshqa ta’lim muassasasida ѐki o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitѐtgan o‘quvchilar soni (4-ustun),
29
o‘qimaѐtgan, ta’lim olishga jalb qilinmagan bolalar soni (5-ustun) haqidagi
ma’lumotlar kiritiladi va xolisona baholanadi.