Davlat inspeksiyasiga topshiriladigan hujjatlarga -
I-jild— -ta’lim muassasasining attestatsiyadan o‘tkazilganligini va uning natijasi
haqidagi attestatsiya komissiyasining xati (rasmiy xat); -maktabning guvohnomasi
(tasdiqlangan);
-maktabning Ustavi (tuman hokimiligi ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi);
-attestatsiyadan o‘tkazilganligi natijalari bo‘yicha xulosa;
-attestatsiya komissiyasining (maktabning attestatsiyadan o‘tkazish natijalari
to‘g‘risida) yig‘ilish baѐnnomasidan ko‘chirma;
-maktabning (maktabda o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha xulosa va
attestatsiya natijalari bilan jamoani tanishtirish haqida) navbatdan tashqari
pedagogika kengashi baѐnnomasi;
-9 ta bo‘limning ―Umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini attestatsiya
jaraѐnida baholash mezonlari bo‘limiga tegishli ―mos‖, ―mos emas‖ ko‘rsatkichlari
to‘ldirilgan jadvallardan olingan jadvallar;
-9 ta bo‘limni baholash jadvallari (bunda 2-bo‘limdagi 2.1,2.2 jadval hamda
nazorat ishlarining umumiy natijalari);
-Dalolatnoma (Attestatsiya yakuniy hujjatlarini viloyati, tuman, sonli
umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktoriga topshirish haqida. Bu dalolatnomaga
attestatsiya komissiyasi a’zolari, maktab direktori imzosi bo‘lishi kerak).
Bunga qo‘shimcha:
II-jild ―Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining akkreditatsiya qilish uchun
attestatsiyadan o‘tkazishga oid to‘ldiriladigan jadvallar va jadval bandlari bo‘yicha
berilgan baholarni hisoblash texnologiyalari‖ tikilgan yig‘ma jild topshiriladi.
Eslatma: Barcha bo‘limlarning bandlari bo‘yicha umumlashtirilgan baholash mezonlari jadvallarida attestatsiya komissiyasi raisi, T(SH)XTB mudiri va muassasa rahbarining imzolarini haqiqiyligini tasdiqlovchi muhr bo‘lishi shart. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari