mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlar belgilanmoqda. Bunday grafiklar
individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi mumkin.
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi tomonidan qanday
ishlar vaular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi.
Grafikda xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (xafta, oy,
chorak va h.k.) band bo‘lishi ta’minlanadi.
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida tarkibiy
bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiybo‘lim, omborxona va h.k.) tomonidan
qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini bajarish
(inventarizatsiya o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlarni tuzish va sh.k.)
muddatlari
ko‘rsatiladi.
Unda
korxona
bo‘yicha
butun
hisob-jarayoni
umumlashtirilgan holda aks ettiriladi.
Uning bajarilishi uchun korxona bosh buxgalteri mas'ul hisoblanadi.
Hisob ishlarining grafigi jadvallar ko‘rinishida tuzilib, ularda rejalashtirilgan
ishlarning bajarilish muddatlari to‘g‘risida belgi quyish ko‘zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: