Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan aloqa
qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki
markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to‘g‘risidagi masalanihal etish zarur.
Buxgalteriya apparatining tuzilishi korxonaning boshqaruv tuzilmasi, ishlab
chiqarish texnologiyasi, hisob ishlarining hajmi va texnik vositalar mavjudligiga
bog‘liq. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda buxgalteriya tuzilmasini tashkil
etishning asosiy 3 ta tipi shakllangan.
Buxgalteriya
chiziqli tashkil etilganda barcha buxgalteriya xodimlari bevosita
bosh buxgalterga bo‘ysunadi. Bundan buxgalteriya apparati tuzilmasi xodimlar soni
7-9 kishidan iborat bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan korxonalarda qo‘llaniladi.
Buxgalteriya bajariladigan hisob ishlarining
funksional belgisi bo‘yicha tashkil
etilganida bo‘limlar(guruhlar) tuziladi. Masalan, mehnat haqi hisoblash bo‘limi;
moddiy bo‘lim, nafaqa bo‘limi kabilar bo‘lib, ularga katta buxgalter boshchilik qiladi.
Bu holda bosh buxgalterning farmoyishlari tegishli bo‘lim (guruh)larning katta
buxgalterlariga etkazilib, ular aniq bajaruvchini tayinlaydi va nazorat qiladi.
Buxgalteriyaning bunday tuzilmasi ko‘plab o‘rta va ayrim yirik korxonalarda
qo‘llaniladi.
Buxgalteriya korxonaning
tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha tashkil etilganida har
bir tarkibiy bo‘linmada (bo‘linma, bo‘lim, yordamchi xo‘jalik va ishlab chiqarishlar
va h.k.) buxgalteriya tashkil etiladi. Bu holda, bunday buxgalteriyaga katta
buxgalterlar tayinlanib, ular o‘z bo‘linmasida hisobni tashkil etish bilan mustaqil
shug‘ullanadilar. Buxgalteriya apparatini tashkil etishning bunday shakli juda katta
korxonalarda va ishlab chiqarish birlashmalarida qo‘llaniladi.
Buxgalteriya apparatining ishi korxonaning barcha bo‘limlari faoliyati bilan
bog‘liq. Buxgalteriya xodimlari ulardan hisobni amalga oshirish uchun zarur
bo‘ladigan u yoki bu ma’lumotlarni oladilar.
Buxgalteriya korxona va uning alohida bo‘linmalari faoliyati to‘g‘risidagi
axborotlarni korxona (bo‘linma) rahbariyatiga va korxona boshqaruviga,
menejerlarga va boshqa axborot foydalanuvchilarga muntazam ravishda taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: