Buxgalteriya balansi – korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini pul
o‘lchov birligida, ma’lum bir kunga guruhlab aks ettirishdir. Buxgalteriya hisobi
schotlarida aks ettirilgan korxona mablag‘lari, mablag‘lar manbalari, xo‘jalik
jarayonlari va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan balans
tarzida umumlashtirilishi zarur. Balansda xo‘jalik mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlar
aks ettirilib, unda xo‘jalikda qanday mablag‘lar mavjudligi va ular qaysi manbalar
hisobidan tashkil topganligi hamda maqsadli tayinlanishi ko‘rsatiladi. Balans mavjud
mablag‘lar bilan ularning tashkil topish manbalarini taqqoslab, xo‘jalik ahvolini
o‘rganish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: