Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/21
tarix29.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#81474
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
2-BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, PREDMETI VA METODI

Baholash – bu hujjatlarda ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalalarini pulda ifodalash 
usulidir. Buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aks ettirish uchun hujjatlarda 
qayd qilingan xo‘jalik muomalalarining natura va mehnat o‘lchovi ko‘rsatkichlarini 
pul ifodasida baholash kerak. U har xil narsalardan tarkib topgan xo‘jalik 
mablag‘larini yagona pul ifodasida ko‘rsatish imkonini beradi. Korxonalar 
mablag‘larini baholashda ularning haqiqiy ishlab chiqarish yoki sotib olish tannarxi 
asos bo‘ladi. Hujjatlarda aks ettirilgan va pulda baholangan barcha xo‘jalik 
muomalalari buxgalteriya hisobi schotlariga yoziladi.
Kalkulyatsiya –ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning bir birlik 
tannarxini aniqlash hisob–kitobi aks ettirilgan jadval. Mahsulot (ish, xizmat) bir–
birligini, tannarxini aniqlash jarayoni kalkulyatsiya qilish (tannarxini aniqlash) 
deyiladi. Kalkulyatsiyaning rejadagi, normativ, kutilayotgan (provizor) va hisobot 
kabi turlari mavjud. Hisobot kalkulyatsiyalari buxgalteriya hisobi schotlaridagi 
yozuvlar asosida tuziladi. Kalkulyatsiyalash qoidalarini yuqori organlar belgilaydi va 
ular barchakorxonalar uchun majburiydir.


Buxgalteriya balansikorxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini pul 
o‘lchov birligida, ma’lum bir kunga guruhlab aks ettirishdir. Buxgalteriya hisobi 
schotlarida aks ettirilgan korxona mablag‘lari, mablag‘lar manbalari, xo‘jalik 
jarayonlari va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan balans 
tarzida umumlashtirilishi zarur. Balansda xo‘jalik mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlar 
aks ettirilib, unda xo‘jalikda qanday mablag‘lar mavjudligi va ular qaysi manbalar 
hisobidan tashkil topganligi hamda maqsadli tayinlanishi ko‘rsatiladi. Balans mavjud 
mablag‘lar bilan ularning tashkil topish manbalarini taqqoslab, xo‘jalik ahvolini 
o‘rganish imkonini beradi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin