Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/21
tarix29.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#81474
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
2-BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, PREDMETI VA METODI

Xo‘jalik jarayoni – xo‘jalik operatsiyalarining yig‘indisi. Xo‘jalik jarayoni 
bo‘linadi: 
1) Ta’minot jarayoni. Bu jarayonda korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini 
amalga oshirishda zarur bo‘lgan aktivlar, shu jumladan, asosiy va aylanma aktivlar 
sotib olinadi.
2) Ishlab chiqarish jarayoni. Bu jarayonda xodim kuchi yordamida aktivlardan 
foydalanib mahsulot ishlab chiqariladi yoki ish va xizmatlar bajariladi
3) Sotish jarayoni. Bu jarayonda mahsulot (ish, xizmat) sotiladi va pulga 
aylantirilib, kelgusi jarayonni boshlash uchun sharoit yaratiladi.
Demak, xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari doimo harakatda bo‘lib, 
o‘zgarib turar ekan. Xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalarining tarkibi va tuzulishida 
sodir bo‘lib, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ayrim o‘zgarishlar xo‘jalik 
operatsiyasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarishga moddiy boyliklarni sarflash
olingan mahsulotlarni kirim qilish va boshqa shunga o‘xshash ayrim muomalalar. 
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti korxona aktivlari, kapitali va 
majburiyatlarini xo‘jalik jarayonidagi doiraviy aylanishiga aytiladi. 
Qonunning 6-moddasi “Buxgalteriya hisobi sub’yektlari” deb nomlanib, unda 
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga 
olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan 
tashqarida joylashgan sho‘ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa 
tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi sub’yektlaridir” deyilgan. 
Har qanday fanning predmeti va ob’yektlarining mohiyatini bilishga mazkur fan 
metodining mazmunini bilish orqali erishiladi. Oldingi bo‘limda ta’riflanganidek, 
buxgalteriya hisobining predmeti deganda, mablag‘lar, manbalar va xo‘jalik 
jarayonlari hamda faoliyat natijalari tushunilsa, uning metodi predmetni qanday 
usullar va amallar yordamida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. 
Buxgalteriya hisobi metodini tashkil etuvchi asosiy usullar (elementlar) 
quyidagilardan iborat:
1. Hujjatlashtirish
2. Inventarizatsiya;
3. Schotlar tizimi; 
4. Ikki yoqlama yozuv;
5. Baholash;
6. Kalkulyatsiya;
7. Buxgalteriya balansi
8. Hisobot.
Buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini hujjatlarda 
uzluksiz va yoppasiga aks ettirishdan boshlanadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin