muomalalarining to‘g‘riligi uchun mas'ul shaxslar imzolari bilan tasdiqlanib, ularning
dalillovchi
kuchi
ta’minlanadi.
Hujjatlashtirish
–
buxgalteriya
hisobi
ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlay turib, mulklarning saqlanishini
qat’iy
nazorat qilish, tejamkorlikka rioya qilish va xo‘jalik faoliyati jarayonida
mablag‘lardan maqsadli foydalanishning muhim shartidir. Buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari mavjud mablag‘lar bilan bir xil bo‘lmog‘i kerak.
Bunday bir xillikni
ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya o‘tkazib turish kerak.
Inventarizatsiya – bu sanash, tortish, o‘lchash va boshqa yo‘llar bilan korxona
mol-mulkini ro‘yxat qilish, olingan ma’lumotlarni buxgalteriya ma’lumotlari bilan
solishtirish, aniqlangan kamomad,
ortiqcha chiqish, nobudgarchilik vahokazolar
tarzidagi farqlarni hujjatlar asosida rasmiylashtirish, bu
farqlarning sabablarini va
aybdorlarini aniqlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobi schotlari– bu korxona mablag‘lari, ularning tashkil topish
manbalari va xo‘jalik jarayonlarini guruhlash, joriy tartibda aks ettirish va nazorat
qilish usulidir. Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik
jarayonlarining har bir guruhi bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar
olish uchun iqtisodiy
mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini guruhlashda schotlardan
foydalaniladi.
Ikkiyoqlama yozuv – xo‘jalik operatsiyalarni bir schyotning debetida, ikkinchi
bir schyotning kreditida aks ettirishdir. Xo‘jalik muomalasini buxgalteriya schotlarida
aks ettirish ikki yoqlama yozuv usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul xo‘jalik
muomalalarining ikki taraflamalik xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan,
moddiy
boyliklar sotib olish redm bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bir tomondan moddiy
boyliklar zaxirasini ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan pul mablag‘larining kamayishiga
olib keladi. Xaridorda bu muomala aks ettirilganda sotib olingan materiallarning
kirimi va mol yetkazib beruvchiga to‘langan pul mablag‘larining chiqimi bo‘yicha
ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘lanadi. Mol etkazib beruvchi bu muomalani aks ettirganda,
xaridordan kelgan pulning ko‘payishi va unga sotilgan materialning kamayishini
o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: