Kimyoda eksperimentga boshqa hamma fanlardagidan ko‘ra ko‘proq ehtiyoj
tug‘iladi. Kimyoning asosiy qonunlari, nazariyalari va xulosalari dalil – isbotlarga
tayanadi.
Ba’zi o‘qituvchilar o‘qitish jarayonida kimyoviy eksperimentdan juda
muvaffaqiyatli sur’atda foydalanadilar. Ammo hamma o‘qituvchilar ham kimyoviy
eksperimentning o‘qitish jarayonidagi rolini to‘g‘ri tushunavermaydilar.
O‘quvchilar eksperimentdan uni nazariy jihatdan tushunib olishga va
umumlashtirishga o‘tishlari, so‘ngra yana eksperimentga o‘tishlari kerak
(laboratoriya va ishlab chiqarish amaliyotida), nazariyani tekshirib ko‘rish, to‘g‘ri
tushunish va bilib olish uchun ana shunday qilishlari kerak.
Kimyo fanidan eksperiment: laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlardir.
Umumiy o‘rta maktabning 7 – 11 sinflarida kimyo darslari o‘tiladi. Har bir
sinfning kimyo darslarida laboratoriya ishi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Laboratoriya ishlari darsning nazariy qismi orasida o‘tkaziladi va asosan
darsda o‘rgatilayotgan mavzuning biror masalasini aniq bilib olishga qaratilgan
bo‘ladi.
Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi esa maxsus darsda nazariy
masalalarni aniq bilib olishdan ko‘ra ko‘proq, o‘quvchilarda kimyoviy eksperiment
texnikasi sohasida mustaqil ishlay bilish malakalari hosil qilishdan iboratdir.
Eng muhim metodik usul – kimyoviy tajribalar qilib ko‘rsatish ham ana shu
kimyoviy eksperimentga kiradi. O‘qish jarayonida demonstratsiya ham juda katta
rol o‘ynaydi. Laboratoriya ishlari ham ko‘proq ahamiyatga ega, chunki hamma
o‘quvchilarga o‘qituvchi ishtirokida ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: