Образование и инновационные исследования (2022 год №8)
ISSN 2181-1717 (E)
155
http://interscience.uz
qiladigan bo‘lsak hozirgi vaqtda uchinchi bosqichda ekanligimizni ta’qidlash
mumkin. Chunki,bir tomondan raqamli texnologiyalarning imkoniyatlarini,
afzalliklarini, samaradorligini ob’ektiv baholashga egamiz, boshqa tomondan
esa ta’limning barcha darajalarida global ravishda amalga oshiriluvchi jiddiy
ilmiy yondashuvlarning yo‘qligi sababli ana’naviy ta’limdagi
yutuqlarni
yo‘qotish, turli xavf-xatarlarni hisobga ololmaslik muammolari borligini
ta’kidlab o‘tishimiz mumkin.
Raqamlashtirish davrda oliy ta’limning rivojlanish
xususiyatlari va
muammolarini tahlil qilish qo‘yidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:
Birinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish talabalarning o‘qish va o‘qishdan tashqari faoliyati ko‘lamini
kengaytirish, o‘quv-tarbiya jarayonini interaktiv, mustaqil, ijodiy faoliyatga
aylantirish imkonini beradi.
Ikkinchidan, AKTni rivojlantirishning zamonaviy darajasi ta’lim, kasb-
hunar va tarbiya resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi, milliy
ta’lim tizimini jahon tarmog‘iga integratsiyalashuvini ta’minlaydi, ta’lim,
madaniyat va tarbiya sohasidagi xalqaro resurslardan foydalanishni sezilarli
darajada osonlashtiradi.
Uchinchidan, AKT an’anaviy ta’lim va tarbiya
jarayonining asoslarini
o‘zgartiradi. Ulardan foydalanish yosh, vaqt va makon to‘siqlarini
yengib
o‘tishga, OTMda talabani o‘qitish, tarbiyalash va ijtimoiylashtirishning
shaxsiylashtirilgan jarayonini tashkil etishning yangi va samarali shakllarini
doimiy izlashga olib keladi.
To‘rtinchidan, zamonaviy OTMda o‘quv-tarbiya
jarayonini
takomillashtirish bo‘yicha o‘zgarishlar o‘qitishga yangi uslubiy
yondashuvlarni ishlab chiqish va shunga muvofiq yangi ta’lim texnologiyalari
va ta’lim jarayonini qurishning tashkiliy shakllarini
ishlab chiqishni talab
qiladi.
Beshinchdan, ta’limning innovatsion modellarini va ta’lim jarayonini
tashkil etishning yangi shakllarini joriy etish amaliyoti ilg‘or
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq xizmatlari va mablag‘laridan
foydalanishga asoslangan. Ular ta’limning mazmuni, uslubiy va texnologik
tarkibiy qismlarining izchilligini va ta’lim makoni
sifatini oshirish uchun
haqiqiy imkoniyatni ta’minlaydigan interaktiv ta’lim maydonining bir qismi
sifatida amalga oshiriladi.
Oltinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv-tarbiya
jarayoniga ta’siri o‘qitish vositalari, shakllari, usullari va texnologiyalarini
modernizatsiya qilish bilan cheklanmaydi. Bu ta’lim muassasalarining ichki
rivojlanishiga va ularni ta’lim va tarbiya jamoalariga aylantirishga olib keladi.
Mazkur xulosalar bilan bir qatorda, ta’lim-tarbiya jarayonida yangi axborot
texnologiyalaridan foydalanish tajribasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun
quyidagi taklif-mulohazalar muhim xisoblanadi:
- o‘quv jarayoniga AKTni joriy etish uchun moddiy-texnik va tashkiliy
shart-sharoitlar yaratish;
- raqamli ta’lim resurslari bankini maqsadli shakllantirish, ular orasida
mualliflik metodik va dasturiy ta’minot alohida o‘rin
egallashi lozim;