Samarali mexanizmi sifatida


DIGITAL TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION - AS AN



Yüklə 340,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix31.01.2023
ölçüsü340,51 Kb.
#82059
1   2   3   4
1572-Текст статьи-4670-1-10-20221113

DIGITAL TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION - AS AN 
EFFECTIVE MECHANISM OF INNOVATIVE TRANSFORMATION 
OF TRADITIONAL DIDACTICS
Abdurahmonov Zafar Batirovich,
Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti, katta o‘qituvchi.
Annotation: The article deals with the issues of wide implementation 
of information and communication technologies in the system of higher 
education in the information society and the implementation, through it, a 
large-scale digitalization. At the same time, the problems observed in this 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 8)
ISSN 2181-1709 (P)
152
Education and innovative research 2022 y. №8
sphere have been identified, and a number of proposals for their elimination 
have been substantiated.
Key words: information society, information and communication 
technologies, digital technologies, education, digitalization of the education 
system, educational process, traditional didactics, innovative changes, 
development of higher education, information culture, e-education.
Kirish: Axborotlashgan jamiyat sharoitida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalar (AKT)ning jadallik bilan rivojlanib borishi, 
ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni innovatsion shakl asosida 
boshqarish imkonini yaratib bermoqda. Shu bilan birga ta’limga o‘ziga xos 
jozibadorlik va zamonaviylik jihatlarini bag‘ishlamoqda.
Asosiy qism: Axborot texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etishning 
qisqacha tarixini ko‘radigan bo‘lsak (texnik ta’lim vositalari misolida), 
dastlab o‘quv materiallarni taqdim etish imkoniyatini beruvchi kodoskop 
yoki epidiyaskopdan foydalanilgan, keyingi bosqichda kompyuterlarni 
qo‘llash, PowerPointda yaratilgan vizual materiallarni namoyish etish 
imkonini beradigan elektron proektor, elektron doska, elektron pochta, 
internet, vebinar, telekonferensiyalar va masofaviy ta’lim texnologiyalarni 
ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
Raqamli ta’lim so‘nggi asrlarda keng tarqalgan ta’lim jarayonini tashkil 
etishning an’anaviy yondashuvidan farqliroq texnologik ta’lim konsepsiyasiga 
asoslanishi kerak. Zamonaviy innovatsion-kommunikatsiya ta’lim 
texnologiyalari asosan yigirmanchi asrning o‘rtalaridan boshlab rivojlangan 
falsafiy va psixologik tushunchalarga asoslangan. Bularga pragmatizm va 
instrumentalizm, kognitivizm, konstruksionizm, konnektivizm kiradi[1].
Oliy ta’lim muassasasini axborot vositalari va texnologiyalari bilan 
boyitilish talabaning tez o‘zgaruvchan raqamli dunyoga moslashishiga, 
uning axborot madaniyatining shakllanishiga xizmat qiladi[2]. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni ta’lim jarayoniga kiritilishi 
qo‘yidagi afzaliklarni yaratadi:
- ta’lim-tarbiya jarayonini yanada zamonaviy, xilma-xil, boyitilgan 
ko‘rinishga olib keladi;
- ta’lim va tarbiyaviy axborotni taqdim etishi imkoniyatlarini sezilarli 
darajada kengaytiradi;
- inson xotirasining turli ko‘rinishlariga, idrok etishning turli kanallariga 
ta’sir o‘tkazgan holda katta hajmli axborotlar bilan ishlashga imkon beradi;
- talabalar uchun ta’lim-tarbiya jarayonini yanada qiziqarli bo‘lishini, 
motivatsiyasini oshirishga imkon yaratadi;
- talaba va pedagoglarni zamonaviy axborot makoniga moslashishi va 
axborot madaniyatini shakllantirishga yordam beradi;
- ta’lim jarayonini diagnostika qilish va monitoring qilish tizimini yanada 
samarali amalga oshirish imkonini beradi;
- pedagogik mehnat sifatini va samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Oxirgi yillarda pedagogiga nazariyasi va amaliyotida o‘qituvchi va 
talabalarning interaktiv hamkorligiga asoslangan ta’limning yangi paradigmasi 
ustuvor pozitsiyalarni egallavoganligini e’tirof etishimiz mumkin. Uning 
maqsad va vazifalari aktiv faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qitishning 
natijadorligini oshirishga, talabalarda intellektual (analitik, tanqidiy, ijodiy, 


Образование и инновационные исследования (2022 год №8)
ISSN 2181-1717 (E)
153
http://interscience.uz
moslashuvchan), kommunikativ (jamoalarda ishlash qobiliyati, shu jumladan 
xalqaro, kasblararo), axborotli (kerakli ma’lumotlarni qidirish, axborotni tahlil 
qilish va qayta ishlash, umumlashtirish, tizimlashtirish va axborot almashish) 
kompetentsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar yaratadi.
Ta’lim 
jarayonini 
raqamlashtirish 
uning 
ishtirokchilari 
uchunkommunikatsiya chegaralarini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. 
Interaktiv-muloqot ataxborot almashish jarayonida ilmiy-bahslarni 
yo‘lga qo‘yilishi, kommunikativ madaniyat, axborot-kommunikatsiya 
kompetensiyalarini rivojlanishiga, psixologik aloqalarni shakllanishiga, 
jamoaviy ishlash muhitiga yangi imkoniyatlar ochib beradi[3].
Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra fakat o‘quv-tarbiya jarayonida 
ko‘llanilaetgan xar bir axborot kommunikatsion texnologiyalar bir biri bilan 
o‘zaro bog‘langan va yagona maqsad(konsepsiya)ga yo‘naltirilgan tizim 
ko‘rinishida shakllanganda hamda muntazam ravishda uning samaradorligi 
monitoring qilinganda oliy ta’lim muassasasini sifat jihatidan yangi 
bosqichga olib chiqadi. Ushbu muammoni hal qilish o‘quv jarayonining turli 
yo‘nalishlarini faollashtirish uchun imkoniyatlar yaratadi[4].
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida zamonaviy oliy ta’lim 
muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonlarini sezilarli darajada modernizatsiya 
qilish imkonini beradigan yagona axborot maydoni quyidagilarni o‘z ichiga 
olishi kerak:
- me’yoriy-huquqiy ma’lumotlarni va uslubiy-didaktik ishlanmalarni o‘z 
ichiga olgan axborot resurslarni;
- axborot oqimini tartibga soluvchi jarayonlarni ta’minlaydigan virtual 
makonning ishlashi va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv 
vositalari va tashkiliy markazni;
- metodik resurslarni;
- dasturiy-texnik ta’minot (telekommunikatsiya resurslari, texnik va 
dasturiy vositalar to‘plami)ni;
- axborotni tezkor uzatish va muloqot qilish imkonini yaratuvchi aloqa 
vositalarni[5].
Ta’lim va tarbiya jarayonlarida har qanday innovatsiyalar singari, raqamli 
texnologiyalarni o‘quv jarayoniga faol tadbiq etish bir qator to‘siqlarga 
duch kelmoqda. Empirik tadqiqotlar davomida pedagoglar tomonidan 
ushbu texnologiyalarni o‘zlarining pedagogik faoliyatida qabul qilish va 
foydalanishga yordam beradigan omillarni aniqlashning imkoniyatipaydo 
bo‘ldi. Bular qo‘yidagilar: 
- raqamli texnologiyalarning o‘zi bilan bog‘liq omillar (o‘ziga xoslik 
va yangilik, ishonchlilik, foydalilik va soddalik, fikrlash jarayonlarini 
soddalashtirish va rejalashtirish, vaqtni tejashni ta’minlash); 
- raqamli texnologiyalarni qo‘llashni tashkil etish bilan bog‘liq 
omillar (ta’lim muasasasi tomonidan g‘oyani qo‘llab-quvvatlash va ushbu 
texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ularning hamkasblari tomonidan 
qo‘llanilishi, texnik qo‘llab-quvvatlash, axborot-kommunikatsiya vositalari 
bilan ishlash bo‘yicha to‘liq o‘quv dasturlari yaratish); 
- raqamli texnologiyalarni joriy etuvchi pedagoglar bilan bog‘liq omillar 
(resurslardan foydalanish qobiliyati va ta’lim sifatini yaxshilashga bo‘lgan 
ishonch, ushbu o‘qituvchining raqamli ta’lim falsafasiga muvofiqligi); 
- ishlab chiqilgan elektron ta’lim resurslarini pedagogik ekspertizadan 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 8)
ISSN 2181-1709 (P)
154
Education and innovative research 2022 y. №8
o‘tkazishning aniq ilmiy asoslangan tartib-qoidalarning yo‘qligi (ta’lim 
faoliyati, dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish doirasida dasturiy 
vositalarning uzluksizligi) bilan bog‘liq omillar; 
- elektron ta’lim resurslarini an’anaviy ta’lim va tarbiya muhitiga 
(maqsadlar, kontent, shakllar va usullar bo‘yicha) yo‘naltirish. Elektron 
ta’lim resurslarining potensial imkoniyatlaridan (vizualizatsiya, nazoratni 
avtomatlashtirish, namunaviy xususiyatlar) foydalanishga yo‘naltirish bilan 
bog‘liq omillar; 
- vaqtinchalik omillar (sifatli ta’lim resurslarini yaratish va sinovdan 
o‘tkazish ko‘p vaqt talab qiladi).
Raqamli ta’lim didaktikasi bilan bir qatorda ma’no jihatidan yaqin bo‘lgan 
“ta’limning raqamli o‘zgarishi”, “ta’limni raqamlashtirish”, “o‘qitishni 
raqamlashtirish” va shunga o‘xshash tushunchalar paydo bo‘ldi[6].
Har qanday texnologik innovatsiyalar ularning rivojlanish bosqichlarining 
amalga oshirilishi va kutilgan natijalar, shuningdek, mutaxassislar va jamiyat 
tomonidan qiziqish darajasi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi mumkin.

Yüklə 340,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin