International Conference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https: econferencezone.org 27 th Oct. 2022 34
o‘tashini, oila yoki maktabgacha ta’lim tashkilotdagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab
ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi,
qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning
uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan
bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Yetakchi
mutaxassislarning fikriga ko‘ra, «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga
tayyorlashning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi:
jismoniy;
shaxsiy (ruhiy);
aqliy;
maxsus tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog‘lomligi, harakat
ko‘nikmalari va sifati, qo‘l mushaklari va ko‘rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi
bilan izohlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga,
o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga munosabati, shaxsiy madaniyatning
shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bolaning obrazli va mantiqiy
fikrlashi, bilimga qiziqishi, mustaqilligi, o‘zini-o‘zi nazorat qilishi hamda o‘quv
faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishini o‘z
ichiga oladi. Bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va
nutqni qanchalik rivojlanganligiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Chunki butun o‘quv faoliyati
shularga, ya’ni nutqiy-mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil
fikrlashi, til malakasining rivojlanganligi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o‘z
tasavvurini izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga quriladi.
Shuningdek, bolaning maktabda ta’lim olishi uchun amaliy intellekt rivoji, ya’ni uning
namunani chizish, aytib turiladigan bayoniy topshiriqni bajarishi ham muhim sanaladi.
Va nihoyat, maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka o‘rgatish va uning maktabning 1-
sinf o‘quv dasturi materialini yetarli darajada egallash haqidagi tushunchasini
shakllantirishni nazarda tutadi. Bolalarni maktabda o‘qitishning samaradorligi ko‘p
jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog‘liq bo‘ladi. Maktabda o‘qishga
tayyorgarlik – maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilada maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolaga qo‘yiladigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talablarning o‘ziga xos tomoni
o‘quvchining yangi ijtimoiy-psixologik o‘rni bilan bog‘liq. Bola o‘z oldiga qo‘yiladigan
vazifalarni bajarishga tayyorlangan bo‘lishi lozim. Maktabga kirish bola hayotidagi
odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabat tizimining o‘zgarishiga aloqador
muhim davrdir. Bola hayotida birinchi bor markaziy o‘rinni ijtimoiy ahamiyatga ega
bo‘lgan o‘quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo‘lgan erkin o‘yin faoliyatidan farqli
ularok, endi ta’lim majburiy bo‘ladi va birinchi sinf o‘quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat
talab qilinadi Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot
jarayonini qayta quradi. Kun tartibi o‘zgaradi, erkin o‘yinlar vaqti kiskaradi. Bolaning
mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va intizomlilikka talablar jiddiy ravishda
ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka nisbatan o‘quvchining o‘z xatti-harakati,