International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https: econferencezone.org
27
th
Oct. 2022
36
bog‘langan jihatlar mavjud bo‘lib, ulardan muhimlari ma’naviy, irodaviy, aqliy,
jismoniy tayyorgarlikdir.
Maktabgacha ta’lim tashklotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi amalga oshiradi.
U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun tarbiyachi uz sohasini
chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik psixologik
tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda mutaxassislik bo‘yicha fanlarni
jumladan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, «Ilk
Qadam» davlat o‘quv dasturini Davlat ta’lim standartlarini, “Bolalarni maktabga
tayyorlash” fani va boshqalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir. Ayniqsa, bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlangan tarzda tarbiyalash “Bolalarni maktabga tayyorlash”
fanining o‘rni juda kattadir. Bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash
bosqichlari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar, asosan, maktab ta’limiga
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va oilada tayyorlanadi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash 3 bosqichda
amalga oshiriladi.
1. Bolalarni nutqini rivojlantirish.
2. Jismonan rivojlantirish.
3. Ma’nan rivojlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan
davlat talablari sog‘lom va yetuk, maktabga, o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirib
borishdan iboratdir.
Xulosa qilib aytganda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash
zamonamizning eng katta kechiktirib bo‘lmaydigan islohotlaridan biri bo‘lishi darkor.
Sababi bog‘cha ko‘rgan, maktab ko‘rgan va kelajagini o‘zi oldindan belgilay oladigan
yoshlarni, fuqarolarni tarbiyalamas ekanmiz, bu jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun
ijtimoiy muammoga aylanishi mumkin. Natijada savodsizlik va uning ortidan ishsizlik
yuzaga kelishi mumkin. Shu sababdan bog‘cha+maktab=hamkorlik formulasi asosida
ish olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |