International Conference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https: econferencezone.org 27 th Oct. 2022 35
majburiyatlarini bajarishga shaxsiy ma’suliyati ancha-muncha ortadi. Bolalarni
maktabga tayyorlash, birinchidan bolalar bog‘chasida tarbiyaviy ishni maktabgacha
ta’lim yoshidagi bolalarni umumiy, har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini
ta’minlaydigan,
ikkinchidan
bolalarni
maktabning
boshlang‘ich
sinflarida
o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan o‘quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni
ta’minlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi. Shunga ko‘ra zamonaviy
psixologik-pedagogik adabiyotda (A.V.Zaparojets, A.A.Venger, G.M.Lyamina,
G.G.Petrogenko, J.V.Taruntaeva va boshqalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsining
rivojlantirish sifatida aniqlanadi va ikkita o‘zaro bog‘langan jihatlarda: «Maktabga
o‘qishga umumiy psixologik tayyorgarlik» va «Maxsus tayyorgarlik» tarzida ko‘rib
chiqiladi. Maktabga umumiy tayyorgarlik MTT ning maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta’lim-
tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo‘ladi. Maktabga umumiy
tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy
rivolanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta’limining yangi
sharaoitlariga va o‘quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur
asosni yaratadi. Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta’limiga utish davriga kelib
erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi. Psixologik
tayyorgarlik tushunchasi maktab ta’limi nuqtai nazaridan 1-sinfga borayotgan bola
psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko‘rsatkichlarini muvaffaqiyatli jamlaydi. Maktab
ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o‘qishga intilishi o‘quvchi bulish ishtiyoqida
bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o‘quv
faoliyati elementlarini egallashi, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida
namoyon bo‘lishda asoslangan tayyorlikni o‘z ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik
tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish, maktabda
o‘quv materialini ongni faol egallash keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni
bajarishni qamrab oladi. Bolani maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o‘qishga
umumiy psixologik tayyorligiga qo‘shimchadir. U bolada matematika va ona tili kabi
o‘quv fanlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning
mavjudligiga ko‘ra aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarda eng oddiy
matematika tasavvurlarini tarkib toptirish, nutqni o‘stirish hamda savodni egallashga
tayyorlanish yuzasidan o‘tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda o‘qishga maxsus
tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi. Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush
tarziga kishilar bilan o‘zaro munosabatning yangi tizimiga, faol aqliy faoliyatga
tayyorlangan bo‘lishi darkor. U yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy
rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo‘lishi kerak. Bolaning maktabda (o‘qishga
axloqiy-irodaviy tayyorgarlik) umumiy tayyorligi mazmunida bir necha o‘zaro