Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
248
Birovkim otashin la’ling uza xoling ko‘rar — anglar
Ki, o‘tlug‘ jonima ushbu qarog‘imdur balo bo‘lg‘an.
Davoyi ishq erur yo vasl, yo marg,
ul emas mumkin
Bu birdur, kimsa topilsa, bu dardig‘a davo bo‘lg‘an.
Tomug‘ o‘tin og‘izg‘a olmag‘aysen, voizo, bir dam,
Sanga bo‘lsa firoqim ohidin, yillar mango bo‘lg‘an.
Qadah doir qil, ey soqiyki,
bu topmish iloju bas,
Bu foniy dayr aro davron g‘amig‘a mubtalo bo‘lg‘an.
Butu zunnor mug‘anniysin ne bilgay xonaqah ahli
Ki, andin ramz so‘rgay sokini dayri fano bo‘lg‘an.
Ne tong ming til bila afg‘oning, ey bulbulki,sendursen
Bu gulshanda Navoiydek asiru benavo bo‘lg‘an.
488
Buki ko‘nglum yarasidin oqadur, qonmu ekin?
Yo qizarib erigan su kebi paykonmu ekin.
Ul xatu labki berur ko‘zga safo, jong‘a hayot,
Sabzai jannat aro chashmai hayvonmu ekin?
Husn xoni arokim, yoydi qazo yuzu labing,
Qursi xurshid bila la’li namakdonmu ekin?
G‘uncha og‘zig‘amu gulshanda yog‘ibtur jola,
Yo jamoling guli ichra labi xandonmu ekin?
Yor der: ko‘zni
yuzumdin nega bot olmassen,
Do‘stlar, tengri uchun deng: bu ish osonmu ekii?
Yor javriyu ulus zulmi, falak bedodi,
Manga yolg‘uzmu ekin, barchag‘a yaksonmu ekin?
Ey Navoiy, el aro fitnadur ul kofirg‘a,
Azmi maydonmu ekin, mayli xiyobonmu ekin.
489
Ko‘z bog‘ida gul ekmisham ul yuz xayolidnn,
Vojibdurur ko‘zumga su bermak jamolidin.
O‘ptum labin
yuz ochqach, erur turfa ko‘rmakim,
Gul birla meva bir yo‘li ul qad niholidin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: