Mavzu: Biologik faol qo‘shimcha vositalar va dori vositalarining qiyosiy tahlili



Yüklə 22,05 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü22,05 Kb.
#42851
  1   2   3

Buxoro davlat tibbiyot intituti

Tibbiy pedagogika va OHI fakulteti 242-guruh talabasi ___________________________ning

Farmakologiya fanidan

Mustaqil ishi



Mavzu: Biologik faol qo‘shimcha vositalar va dori vositalarining qiyosiy tahlili.

Tekshirdi: Boltayev M. M.

2021-yil

Mavzu: Biologik faol qo‘shimcha vositalar va dori vositalarining qiyosiy tahlili.

Biologik faol ozuqaviy qo’shimchalar – bu nima?


Balansli ovqatlanish – sog’lig’imizning asosidir. Biologik faol ozuqaviy qo’shimchalar sizning parhezingiz me’yorida bo’lishini ta’minlash uchun lozim bo’lgan birikmalar majmuidir.
Biofaol ozuqaviy qo’shimchalar, bular dorivor preparatlar sirasiga kirmaydi. Ular o’simlik, hayvonot yoki mineral xom-ashyolardan olinadigan tabiiy moddalar hisoblanadi, shuningdek, kimyoviy yoki ba’zi hollarda mikrobiologik sintez orqali ham qo’lga kiritilishi mumkin.
Biologik faol qo’shimchalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o’simlik ekstraktlari, to’yinmagan yog’li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o’z ichiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, sog’lom moddalarni o’zlashtirishini kuchaytiradi hamda tananing ichki quvvatini kuchaytirib, ko’plab kasalliklarning xavfini kamaytiradi.
Nutritsevtik vositalar oziq-ovqat yoki ichimlik tarkibiga qo’shilganda, ularni muhim moddalar (aminokislotalar, vitaminlar, minerallar, ko’p to’yinmagan yog’li kislotalar, ozuqaviy tolalar va boshqalar) bilan boyitadi va inson tanasining ayrim fiziologik faoliyatini hamda inson tanasining tizimini tartibga soladi. Ularni boshqacha ko’rinishda (ekstraktlar, surtmalar, nastoyka, kontsentratlar va boshqalar) ham iste’mol qilish mumkin.

Olimlar va shifokorlarning fikriga ko’ra, biofaol moddalarni to’g’ri va muntazam iste’mol qilish nafaqat yoshlikni, sog’liqni va quvvatni saqlab qolish imkonini beradi, balki hayot tarzini sezilarli darajada yaxshilaydi

BFQ majmuamsi asosan o‘simliklarning bargi, guli, ildizi va mevalaridan olinadi, ularni tayyorlashda ba’zan bakteriyalar, mikroblar hamda ayrim hayvonlarning a’zolari va mineral xom ashyolaridan ham foydalaniladi. Biologik faol moddalar (BFQ) atamasi nutritsiologiya (ovqatlanish haqidagi fan)ga keyingi yillarda kirib kelgan. Aslida esa qadim zamonlardayoq Xitoy, Hindiston, Arabiston tabiblari BFQdan ko‘plab kasalliklarni davolashda foydalanishgan. Endilikda deyarli barcha davlatlarda biologik faol moddalar ishlatilayotir. Xo‘sh, bunga sabab nima?

Birinchidan, yer yuzi aholisi soni keskin ko‘payib ularni tarkibida barcha kerakli moddalar mavjud bo‘lgan taomlar bilan ta’minlash qiyin kechmoqda.

Ikkinchi sabab shuki, ota-bobolarimizning yegulik ovqatlarini asosan o‘simlik mahsulotlari tashkil qilgan, ular ko‘prok “tirik” holda, ya’ni qaynatmasdan, quritmasdan iste’mol qilingan, shu bois mikronutriyentlarga muhtojlik sezilmagan. Hozirgi zamonda esa kuchli biotexnologik qayta ishlovdan o‘tib zarur moddalardan deyarli mahrum bo‘lgan mahsulotlar ishlatilmoqda. Qolaversa mavjud ekologik nomutanosiblik mikronutriyentlarga nisbatan talab va ehtiyojni yanada oshirib yuborayotir.

– 


Yüklə 22,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin