Mavzu: Biologik faol qo‘shimcha vositalar va dori vositalarining qiyosiy tahlili


Biofaol qo‘shimchalarning asosiy ahamiyati nimada?



Yüklə 22,05 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü22,05 Kb.
#42851
1   2   3
Biofaol qo‘shimchalarning asosiy ahamiyati nimada?

Bilasizmi, hozirgi zamon kishisining turmushida qulayliklar ko‘p bo‘lishi, shirin va yuqori kaloriyali taomlarning ketma-ket kashf qilinishi, “o‘lik” holdagi (ya’ni qaynatilgan, qovurilgan, quritilgan, konserva qilingan) ovqatlarning tobora ko‘payayotgani tanamizdagi ota-bobolarimizdan meros qolgan “tabiat bilan uyg‘unlashish” xususiyatiga putur yetkazmoqda. Bunday nomutanosibliklarni bartaraf etishda BFQlar ancha qo‘l keladi, ular juda hilma-xil bo‘lib ko‘plab fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarga ega.

BFQlarning foydalilik xossalari quyidagicha:


  • Organizmda turli sabablarga ko‘ra taqchillashib qolgan ovqat komponentlari (vitaminlar, makro va mikroelementlar, almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar, yog‘ kislotalari) ning o‘rnini qoplaydi.

  • Tashqi muhitning har xil zararli omillari (yuqori yoki past harorat, bosim, radiatsiya, kislorod yetishmasligi, vaznsizlik, tezlik, kuchli jismoniy yuklamalar) ga bardoshlilikni oshiradi.

  • Immun tizimi ishini mustahkamlash orqali kasalliklarning oldini oladi.

  • Tanada doimiy ravishda sodir bo‘lib turadigan moddalar va energiya almashinuvi maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi.

  • To‘qima va hujayralarda hayotiy jarayonlar davomida hosil bo‘lgan zaharli moddalar hamda shlak(shilliq)larni tanadan chiqarib yuboradi.

  • Oshqozon-ichak tizimidagi foydali mikroflorani saqlab turadi, kasallik qo‘zg‘atuvchilari ko‘payib ketmasligini ta’minlaydi, disbakteriozni bartaraf etadi.

  • Organizmning fiziologik xususiyatlari (homiladorlik, bola emizish, o‘sish, keksayish, ruhiy iztiroblar davri)da ovqatlanishni tartibga soladi.

  • Har xil kasalliklar (yurak qon-tomir, asab, oshqozon-ichak, endokrin tizimlar kasalliklari, saraton, semirish singarilar)ning oldini olib davolaydi.

  • Organizmning turlicha, ya’ni tashqi va ichki muhit sharoitlari (yer sharining bir-biridan vaqtga nisbatan 10-12 soat farq qiladigan hududlariga borib qolganda, uzoq muddatli safarlarga chiqqanda) organizmning tez moslashuvchanligini ta’minlaydi.


– 


Yüklə 22,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin