Mutaxassis sifatida aytsangiz, biofaol qo‘shimchalarning biz ichadigan dori-darmonlardan farqli jihatlari bormi?
– BFQlar ta’sirida organizm faoliyati fiziologik me’yor darajasiga yaqinlashadi. Dorilar ta’sirida esa organizm faoliyati fiziologik me’yor darajasidan uzoqlashadi. Yagona javob shu!
Ko‘pgina mamlakatlardagi firma va kompaniyalar (masalan, Tyan-Shi va boshqalar) keyingi yillarda BFQlar ishlab chiqarishni jadallashtirmoqda va o‘z mahsulotlarini tinmay reklama qilyapti. Bu alohida masala.
Ammo shuni yodda tutish lozimki, BFQlar tarkibida nutriyentlar (oziq moddalar) yuqori konsentratsiyada, ya’ni o‘simlik yoki hayvon a’zolari tarkibidagiga nisbatan ancha quyuq bo‘ladi. Inson organizmi esa bir xil moddaning past va yuqori konsentratsiyada qabul qilinishiga befarq emas. Ya’ni past konsentratsiya organizmga shifo bo‘lsa, yuqori konsentratsiya zarar keltirishi mumkin.
Hatto bir xil o‘lchamdagi oziq moddalar har kimga mijoziga qarab turlicha ta’sir qilinishini Abu Ali ibn Sino alohida ta’kidlagan.
Xullas, ovqatlanish borasida organizmning o‘ziga xos xususiyatlarini, uning talab va istaklarini, shuningdek fiziologik – biokimyoviy imkoniyatlarini hisobga olish lozim. Har bir kishi o‘zi yeb-ichadigan mahsulotlarning kimyoviy tarkibi va energetik qiymatini (kaloriyasini) hech bo‘lmasa umumiy holda tasavvur qilishi kerak. Shunga ko‘ra BFQlardan foydalanishda ham tegishli mutaxassislar fikrini e’tiborga olish zarur. O‘z-o‘zidan bu narsa insonning to‘la-to‘kis sog‘lom turmush tarziga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |